Navro’z bayramiga she’rlar to’plami
Bolalar varragi xayolni olgan. Badom gullaridan, quvonadi ko’z. Dillardan mutlaqo g’ubor yo’qolgan. Hush kelding bahor, hush ko’rdik navruz. Anhorlar oqmoqda suvlarga to’lib. Shukronalik aytdim tinchlikni ko’rib. Mustaqil diyorga, bezaklar bo’lib. Xush kelding bahor, hush ko’rdik navroz. Navro’zda ulashing ezgu tilaklar. Axir tilak bilan, kamaymaydi so’z. Bahor gullaridek yashnab yuraklar. Xush kelding bahor, xush ko’rdik navro’z. Hademay nastarin gullaydi bodrab, Osmonga hushimni eltib ifori. Quyoshli shudringlar tushar ertalab. Yuvib dillardagi qishning g‘uborin. Hademay qaldirg‘och keladi qaytib, O‘rik shohlarida bo‘rtar dovuchcha, Turnalar azaliy qo‘shig‘in aytib, Sumalak pishadi tong otgunicha. Hademay lolalar bo‘sadek titrab, Tog‘lar viqoriga munis boqarlar, Yana necha-necha oshiqlar yig‘lab, Bir-birin bag‘rida gulhan yoqarlar. Mening bir kunim ham kun deb Qish nochor, Ketolmay qor sepib turadi hanuz, Bir kuy yaraladi,Quyosh bastakor, Hademay Navro‘zdir, hademay Navro‘z! Avval yuragingga mo‘ralaydi u, So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z. Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu, Demak, Bahor keldi, Kelmoqda Navro‘z. Qishning ahvoliga boqib hoynahoy, Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz. Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy, Demak, Bahor keldi, Kelmoqda Navro‘z. Ona bag‘ri kabi iliqdir olam, Harir hovur ichra yayrar dala-tuz. Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am, Demak, Bahor keldi, Kelmoqda Navro‘z. Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi, Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z. Yana dildorlikning fursati yetdi, Demak, Bahor keldi, Kelmoqda Navro‘z. Aylabon lutf-u karam, Navro’zi olam keldilar. O’smadan qo’shi qalam, Navro’zi olam keldilar. Bir ajib his uyg’otib, Irmoqlarning xonishi. Kuylashib savtu ajam, Navro’zi olam keldilar! Shukur Qurbon Bog‘֥lar – daraxtlarniki, Tog‘lar- lolalarniki. Kim nima desa-desin, Bayram – bolalarniki, Bayram – bolalarniki. Bog‘ bahorsiz qolmasin, To‘kmasin tog‘ lolasin. O‘zbekiston bag‘rida Navro‘zlar omon bo‘lsin, Navro‘zlar omon bo‘lsin. Navro‘z, navro‘z, navro‘zim, Sen mening ko‘rar ko‘zim, Sen mening aytar so‘zim, Sen mening xuddi o‘zim, Sen mening yorug‘ yuzim. Turfa gullar ochilib, ifor taratib, Mayin esgan shabbodang dilni yayratib Erta tong qushlarni qiy chuv sayratib Kelaqol navro’zim sog’indik seni. Chuchmomayu, moychechak yerga yoyilsin Ariqlaring anxoring suvga to’yinsin Keksa momolarim dildan suyunsin Kelaqol navro’zim sog’indik seni. Bodomlar, o’riklar qiyg’os gullasin Varraklar bulutlar bir bir quvlasin Sumalaklar ostida olov uvlasin Kelaqol navro’zim sog’indik seni. Daladagi dexqonim kutgan o’zingsan Qorli cho’qqilardan o’tgan o’zingsan Ko’nglimga baytlarni bitgan o’zingsan Kelaqol navro’zim sog’indik seni. Bahmal yopib yillarga, Adir dala qirlarga Gullar olib qo’llarga Navro’z keldi azizlar. Quyosh separ nurlarin Yerga zarrin nurlarin, Erkalatib hurlarin, Navro’z keldi azizlar. Tarixing ta’rifing dillarda doston, Quyosb charaqlaydi moviydir osmon. Hofiz qo’shiq aytar raqs etar jahon Navro’zjon bu yilga kelishing boshqa. Bir yon katta kurash Bir yon kop kari, Askiya aytishuv o’lanlar bari Sevinchbag’ishlaydi keksayu-yoshga Navro’zjon bu yilga kelishing boshqa. Bugun shodiyona Navro’zi olam, Orziqib kutilgan navbahor to’yi! Assalom yangi yil! Assalom bayram! Senga atalgusi yuraklar kuyi. Bugun Navro’z bayrami, Zo’r tantana, hamma shod. Ona yurtda quvnaymiz, Baxtiyormiz umrbod. Navro’z keldi yurtimga, Dalalarga shoshaylik. Keling, do’stlar, barchamiz, Kuy, qo’shiqlar kuylaylik. Yurtim! Ilhomimga sarchashma o’zing, Birdek aziz menga yozing, ham kuzing. Bu kun bahoringga she’r aytmoqchiman, Vatanim, muborak bo’lsin Naro’zing. Boshingda hurriyat quyoshing bordir, O’z tug’ro, bayrog’ing, yurtdoshing bordir. Maqsading, g’ayrating, bardoshing bordir, Vatanim, muborak bo’lsin Navro’zing. Chakkasiga gul taqib Kirib keldi Navro’zim Daraxtlarga dur taqib Kulib keldi Navro’zim. Dala dashtda maysalar Salom alik aytsalar. Qanday go’zal ko’rinish, Yashillikka cho’milish. Doshqozonda sumalak Boychechaklar xush darak. Qizg’aldoq cho’g’day gilam. Sevinchdan ko’zlarda nam. Bolalar yayrashadi, Qo’shiqlar yangrashadi. Momolarning dunyosi Ijobatdir duosi. Bobolar halim solar Latifa aytib tolat Ichakuzdi hazillar Qiziydi sho’x bazmlar Elga rizq- ro’z ulashib Tandir nonin ushatib. Yayrab keldi Navro’zim Yashnab keldi Navro’zim. Yomg’ir savalar mayin. Maysa yashnar kun sayin Men ham endi o’ynayin O’rtoqjonim bu Navro’z. Marjon taqdi majnuntol Arilar keltirar bol. Lola peshvoz qaddi dol. O’rtoqjonom bu Navro’z. Qaynar shirin sumalak. Tovlanar yoy kamalak Gulga qo’nmish kapalak. O’rtoqjonim bu Navro’z. Olam gul ichra yashnar Ming bir tovusga o’xhsar. Yashil poyondoz to’shar, O’rtoqjonim bu Navro’z. Boychechak chiqibdi, bugun Navro’z ekan. Hamma bir-biriga jigar so’z ekan. Olam ham barobar kecha-kunduz ekan. Boychechak chiqibdi, bugun Navro’z ekan. Yigitlari chiroyli yurtim. Gul qizlari chiroyli yurtim. Aslo senga ko’zlar tegmasin. Bayramlari chiroyli yurtim. Azal –azal Navro’zjon Bayramlarning zo’rida. Nuroniy chol- kampirlar Turar davra to’rida. Keling Navro’z sayliga, Siz ham keeling mayliga. Navro’z nishonasi bu. Bobodehqon ish boshlar. Ezgu niyat bilan u. Yeriga urug’ tashlar. Keling Navro’z sayliga, Siz ham keling mayliga. Bizning elda bu ayyom, Sumalaksiz o’tmaydi. Yalpiz somsa yopmasdan. Aziz mehmon kutmaydi. Keling Navro’z sayliga, Siz ham keeling mayliga Qizlar gulli ro’mol o’rar, O’zlarin qilib ko’z-ko’z. Zamin yangi ko’ylak kiyar, Kelsa Navro’z, bo’lsa Navro’z. Dilbar qizlar, jo’rajonlar, Erkin qanot yozing hargiz, Hur elimga qutlug’ ayyom Kelsa Navro’z, bo’lsa Navro’z! Omoch haydar tinim bilmay, Dehqon ila qo’sh ho’kiz, Nasibamiz butun bo’lar, Kelsa Navro’z, bo’lsa Navro’z. Olloh, o’zing asragin-yey, Тegmasin hech yomon ko’z. Momolarim ruhlari shod, Kelsa Navro’z, bo’lsa Navro’z. Davramizga marhabo, kulib-o’ynaymiz, Тo abad bayramda birga quvnaymiz! Baxt bahori kulsin bizning jahonda, Navro’z boqiy bo’lsin – O’zbekistonda! DO`STLARGA ULASHING:
Bugun shodiyona
baxtiyor.uz
Navro’z bayramiga she’rlar to’plami