Foydalanilgan smartfon olishda nimalarga ahamiyat berish lozim

Foydalanilgan smartfon olishda nimalarga ahamiyat berish lozim
foydalanilgan smartfon olishda nimalarga ahamiyat berish lozim 65caf28f81a4f

photo 2021 02 23 23 17 11

Foydalanilgan smartfon olishda nimalarga ahamiyat berish lozim

DO`STLARGA ULASHING:

Foydalanilgan smartfon olishda nimalarga ahamiyat berish lozim
#foydali

Smartfon olishda ko’pchilik xato qilib, so’ng egasini qidirib yurish holatlari ko’p uchrab turadi, shuning uchun aynan foydalanilgan smartfon olishda ko’p jihatlarga ahamiyat berish lozim, asosiysi umuman shoshilmasdan tekshiring, hech hijolat bo’lmang.

Quyida foydalanilgan smartfon olishda nimalarga ahamiyat berish kerakligini qisqacha berib o’taman:

1. Smartfon hujjati. Albatta hujjatini so’rang, ya’ni korobkasini. Korobka orqa tomonida IMEI kodi bo’ladi, aynana shu korobka olayotgan smartfoningizniki ekanligini bilish uchun, korobkadagi IMEI kod bilan smartfon kodini solishtiring.
Smartfonda IMEI kodni bilish uchun, smartfonda *#06# kodini tering.

2. IMEI kod ro’yxatdan o’tkanligini tekshirib oling. Uning uchun smartfonga sim karta ulab foydalaning.

3. Smartfonni tashqi qismini tekshiring. Uning uchun dastlab, smartfonni barcha aksessuarlarini olib tashlang va mexanik ta’sirlar bo’lmaganiga ahamiyat bering.

4. Smartfon ishlashini tekshiring. Qo’ng’iroq qilib ko’ring, oldi-orqa kameralarini, vibrorejim ishlayotganini , bluetooth, wi-fi imkoniyatlarini, akkumlyator hajmini shoshilmasdan birma-bir tekshirib chiqing.

5. Dastur qismini tekshirish. Smartfonni zavod holatiga olib keling, so’ng hech qanday qo’shimcha narsalar qolib ketmaganini tekshiring.

6. Komplektatsiyasi bilan tanishib chiqing. Albatta, smartfonning o’z akkumlyatori va blok pitaniyasi bo’lishi kerak. Uni o’ziga olib qolib, sizga boshqasini sotib olib bermasin, o’ziniki tez zaryadlashga mo’ljallangan bo’ladi.

7. Datchik va skanerlarni tekshiring. Barmoq izi bilan, yuz bilan ochish skanerini, ekranni bloklaydigan datchiklarni tekshiring.

☝️Bular asosiylari, izohlarda siz bu ro’yxatni kengaytirishingiz mumkin.

Mavzudan tashqari: Kanalda dasturchilik, dizaynerlik, freelancing, va IT business bo’yicha postlar chiqishiga nima deysizlar? (albatta bu haqidagi mavzularni o’z mutaxassisi yozadi)

Foydalanilgan smartfon olishda nimalarga ahamiyat berish lozim