BAHORIY KO’K SOMSA

BAHORIY KO’K SOMSA
bahoriy kok somsa 65caf205650a9

img 05751

BAHORIY KO’K SOMSA

DO`STLARGA ULASHING:

Assalomu aleykum! Bu safar o’zimning somsa qilish usulim bilan sizlarni tanishtiraman. Bahor kelishi bilan yaqinlar orasida ko’k somsa qilish, ko’katlar bozorda chiqibdi, ko’k somsa qildizmi deb so’rab sog’inib ko’k somsa qilishning ham gashti bor ekan. Chunki Daniyada yashaganimda qishu yoz supermarketlarda yozgi noz nematlar hammasi bo’ladi, ko’k somsani hohlagan paytiz ham qisez bo’ladi.  Lekin baribir quyoshli yurtimizda pishgan ko’katlarning mazasi bir boshqa. Ana endi somsa qilishni boshladik.

Kerakli mahsulotlar: Hamiriga: 1. 500 ml tuzli suv

                                                        2. 6 piyola un

                                                       3. 80% li margarin

                                                       4. 2 osh qoshiq oq yog’

                                    Qiymasiga: Ko’kkkatlar ( yalpiz, mator, jag’-jag’, ot quloq, simaloq)

                                                       5-6 ta piyoz( katta kichikligiga qarab)

                                                       3-4 ta  kartoshka (katta kichikligiga qarab) 

                                                      Mol yog’i yoki qo’y yog’i va go’sht ( hohishga qarab)                                                                      

Birinchi bo’llib hamir qorib qo’ysak, qiymasini tayyorlab qilgunimizcha tinib turadi. Tog’arachaga un solib, tuzli suvimizga eritiligan oq yog’dan 2 osh qoshiq solamiz va unga   solib qattiqroq hamir qormiz. Tuzli suvimizni sho’r qivormasligimiz kerak, hamir yoyilishi qiyin bo’ladi. Tayyor hamirimizni 3 bo’lakka bo’lib, salafanga solib qo’yamiz. 15 minut tindirishga qo’yamiz.img 0584  img 0585

Hamirimiz tinguncha qiymamizni tayyorlashni boshladik. Mana ko’katlar

img 0566

Mana shu  ko’kalardan qildim. Mator, jag’-jag’, ot quloq, yalpiz. Hammasini yaxshilab yuvib, maydalab to’g’radim.

img 0588

keyin piyozni ham iloji boricha parragini ingichka olib to’g’ralsa pishishi ham oson bo’ladi.

img 0586

Kartoshkani esa mana bunday tog’radim, mayda to’rt burchak qilib. Yaxshisi kartoshkani qiyma tayyor bo’gandan so’ng oxirisida to’g’ralsa qorayib qomidi, man shunaqa qilaman.

img 0587

Ana endi asosiy jarayonga somsani hamiriga keldik. Buning uchun tingan hamirning bir zuvalasini mana bunday qilib o’qlovda yoyib oldim.  Birinchi zuvalani unlab qo’limda mushtlab kattalshtirib oldim, o’qlovda yoyish oson bo’lishi uchun, shu turishida ikkiga buklab chetlarini mushtlimiz.

img 0559

Buvim etgan edilar, hamirni chetini mushtla, o’rtasi o’zi yupqalashib borvuradi deb, boshida shunaqa chetini ikki buklab mushtlab olsak, yoyishimiz uchun osonlashadi.

img 0558

mushtlab bo’lgandan so’ng o’qlovda yoyishni boshlimiz.

img 0557

img 0589  img 0555
Endi yoyib bo’lgan birinchi hamir bo’lagimizni tahlab olib qo’yamiz, tahlavokkanda orasiga kraxmal sepib taxlasak hamirimiz yopishib qolmidi, qolgan 2 ta hamirni yoygunimizcha.

img 0554

juda yupqa qilib yoymimiza salgina tegi ko’rinishni boshlasa bo’ldi, ana burchakda birinchi yoygan hamirimni tahlab ustini sochiq bilan yopib qo’yganim ham ko’rinib turibdi, hammasini yoyib bo’lgandan so’ng, eritilgan margarinimizni yoyilgan hamir ustiga suramiza. Ha aytgancha hamirni yoyishdan oldin margarinimizni past olovga eritishga qo’yib qo’yamiza.

img 0553

Eritilgan margarinimizni solib qo’limizda hamma yog’iga yetarli qilib suramiz. Eng katta yoyilganini tagiga qo’yamiza, ustiga margarinnimizni surib, shunday ketma ketlikda qolgan ikkala hamirimizni ustma-ust qo’yamiza.

img 0552

img 06011

Uchchala hamirimizni ustma-ust orasiga margarin surib tahlab bo’lgandan so’ng, rulet qilib o’rimiza. O’ravokkanimizda hamirni o’zimiz tomonga tortib, siqib qattiq qilib o’rimiza. Shunda ruletimizni kesganda varoqlari ochilib-ochilib qolmaydi.

img 0551

img 05501

O’rab bo’lgandan so’ng yog’lari hamirga singib olishi uchun biroz xolodilnikka qo’yamiza. Ungacha qiymamizni tuzlarini rostlab olamiza. Man qiymasiga go’sht maydalagichda chiqarilgan mol yog’i va ozgina go’sht qo’shdim. Ko’k somsaga asosan mol  yoki qo’y yog’idan ozgina qo’shsa yetadi. Go’sht qo’shmasa ham bo’ladi.

img 0546

Ana qiymamiz ham tayyor. Endi zuvalachalar kesib olamiz. Ikki enlik qilib kesib chiqdim.

img 0540

So‘ng zuvalachalarni ustidan bosib chiqdim, va jo’vada hammasini yoyib oldim.

img 0590

Va hamma zuvalachalarni yoyib bo’lib qiymasini solib chiqdim, agar ikki kishilashib qilinsa biri yoyib ikkinchisi qiyma solib bir yo’la tugib ketvursa ham bo’ladi. (Mani yordamhim hali kichkina 8 oylik, uni jim o’tirgani manga yordam:) ).

img 0583 0

Ana endi yana bir asosiy jarayonga keldik, somsalarni tugilishi. Somsa ham chiroyli, ham tanavvul qilishga qulay bo’lgani bu uchburchak somsa. Uchburchak somsa chiroyli chiqishi uchun uning tomonlari teng yonli burchak bo’lsa yanada chiroyli chiqadi. ( Oshxona shunday joyki, unda har bir fandan bir shingil kerak bo’ladi, somsamizni tugilishida esa geomatriya ? ).

img 0580

img 0565

img 0542

img 05811

img 05821

Ana teng yonlik uchburchakli somsamiz pechga kirishga tayyor, listga tersak bo’ldi.

img 05781

Bir uchini tepaga, birini pastga qilib taxlab chiqamiz. Joy ham ko’proq bo’ladi. Man somsa ustiga hech nima surmadim, varoqlarini yopib qo’yadi, haqiqiy o’zbek somsasida surilmidi, o’zizmizning buvilarimiz qiladigan somsaga o’xshami qoladi. Varoqlari ham chiroyli turadi. Man somsalarni elektr pechda pishiraman, eng baland gradusda. Hammaning pechi har hil, shuning uchun, tagi va usti qizarguncha pechda pishiramiz.

img 05771

Ana pechkadan olishim bilan rasmga oldim, endi dasturxonga tortamiz.

img 05761

Mana bahoriy ko’k somsa ham tayyor.

img 0574

Yalpizning hush bo’yligi, va mator o’tining o’ziga hos mazasi mmmmm……. . Haqiqiy bahor nafasi.  Ayniqsa qishdan chiqgandan so’ng organizm vitaminlar talab qilib turgan bahor paytlari bu somsalar oila a’zolaringizga juda yoqadi. Albatta qilib ko’rishni tavsiya qilaman.

Yoqimli ishtaha!

pazanda.com

BAHORIY KO’K SOMSA