Qisqa savolga, qisqa javoblar — FAQ
Qisqa savolga, qisqa javoblar — FAQ Kanalda juda ko’p foydali postlar yozildi, hammasini o’qib chiqishga vaqt yetmasligi mumkin, shuning uchun, yozilgan postlar ichidan sizga kerakligini, 10 ta qisqa savol-javob ko’rinishda berib o’taman: 1. Anonim brauzerlarni ishlatmasdan, kirilgan saytlarni Google akkount bilmaydigan yoki brauzer tarixida qolmaydigan qilish mumkinmi? 2. Kompyuterda qanday qilib tez ishlash mumkin? 3. Texnikalarni qanday tanlash lozim? 4. O’chgan fayllarni qayta tiklash mumkinmi? 5. Windows’ning hamma imkoniyatini qanday ishlatish mumkin? 6. Wi-Fi tarmoqni qanday himoyalash mumkin? 7. Notebook’ni qizib ketishidan qanday saqlanish lozim? 8. Google orqali qanday tez qidirish mumkin? 9. Kompyuter tanlashda, qaysi qismiga katta ahamiyat berish lozim? 10. Internetda anonim bo’lish mumkinmi? Kanalni o’qib borayotkaningiz uchun rahmat, omad! O’zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do’stingizga ham ravo ko‘ring: ? https://t.me/planetaitQisqa savolga, qisqa javoblar — FAQ
DO`STLARGA ULASHING:
#xulosa
Ha, uning uchun brauzerlarda inkognito rejimidan foydalanish lozim:
— Internet Explorer uchun: CTRL+SHIFT+p
— Google Chrome uchun: CTRL+SHIFT+n
— Mozilla Firefox uchun: CTRL+SHIFT+p
Buning uchun hotkey’lardan foydalanish kerak, ya’ni ko’p narsani klaviatura tugmalari yordamida bajarish lozim.
Dastlab, nima maqsadda sotib olayotganingizni aniqlab oling va shu texnikani barcha tashkil etuvchi va imkoniyatlarini birma-bir internetdan o’qib chiqing, shoshilmang va dangasalik qilmang. Olgan bilimlaringiz asosida, sotuvchi bilan biroz gaplashing va xulosa qiling.
Albatta mumkin, lekin o’chirib yuborganingizdan so’ng, kompyuterga hech qanday fayl yozmang, darhol qayta tiklovchi dasturlarni ishga soling.
Buni iloji yo’q, siz bilishingiz kerak bo’lgan narsa, bu Windows qanday imkoniyatlarga ega ekanligi, bu imkoniyatni qanday ishlatish, nimalarga kirishni internetdan bemalol topib olishingiz mumkin.
Asosiy usullari: SSID nomni router orqali berkitish, foydalaniladigan qurilmalar mac adresi bo’yicha filterlash, juda murakkab parol o’rnatish, WPS imkoniyatini o’chirib quyish.
Eng asosiy narsa, notebook’ni yumshoq yuzaga(yostiq, ko’rpa,…) aslo qo’ymang, bu yuza havo almashinishiga katta to’siq bo’ladi.
Qidiruv kalit so’zlarini yaxshi tanlash va qidirish uchun Google yaratgan imkoniyatlardan (https://t.me/planetait/323) foydalanish orqali.
Nima maqsadda sotib olinishiga qarab, umumiy oladigan bo’lsak: Protsessor, tezkor xotira, plata
Mumkin, lekin juda kerak bo’lib qolsangiz, aniq topishadi).
qisqa javoblar — FAQ, Qisqa savolga