JavaScript nima va u qanday maqsadlarda foydalaniladi?
JavaScript nima va u qanday maqsadlarda foydalaniladi? JavaScript bu veb-sayt yaratishda keng qoʻllaniluvchi dasturlash tili. U yordamida siz interaktiv veb-sahifalar yaratishingiz mumkin. Misol uchun: — Facebookda biron doʻstingizni ismiga bossangiz, chat uchun oynacha ochilishi. — YouTube yoki Facebookda izoh yozsangiz, siz yozgan izoh oʻsha zahoti video ostida paydo boʻlishi. — YouTube kanallaridan biriga “Subscribe” qilgan paytingiz, “Subscribe” tugmachasini kulrang boʻlib qolishi. Bularning bari JavaScript yordamida qilingan. JavaScriptsiz ham veb-sayt yaratish mumkin, ammo u juda zerikarli sayt boʻladi. Dunyoda 12 millionda ortiq dasturchi JavaSriptdan foydalanadi va 1.5 milliarddan oshiqroq veb-saytlarni yaratishda JavaScript qoʻllanilgan. U shunchalik mashhur! Bizni kuzatishda davom eting, JavaScriptni esa albatta birga oʻrganamiz! ? @PlanetaITJavaScript nima va u qanday maqsadlarda foydalaniladi?
DO`STLARGA ULASHING:
JavaScript nima va u qanday maqsadlarda foydalaniladi?