AEVIT kapsulasi
Kapsula Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: ? Faol moddalar: ⤵⤵ alfa-tokoferol atsetati (Evitamini) (100% moddaga qayta hisoblanganda) – 0,1 g, retinol palmitati (A vitamini) moyli eritma 55,036 mg (100% moddaga qayta hisoblanganda) – 0,1 ml (100000 XB). Yordamchi moddalar: ⤵⤵ makkajo‘xori moyi (rafinatlangan, dezodoratsiya qilingan) yoki soya moyi yoki kungaboqar – 0,2 g. Qisqa qilib E vitamini + retinol ( A vitamini ) saqlaydi. Polivitamin vosita. Vitamin E va A tarkibli vosita. —A va E avitaminozi , ya’ni shu vitaminlar organizmda yetishmovchiligida qabul qilinadi. Majmuaviy davolashda: – toʻqimalarning trofikasini buzilishi bilan birga kechuvchi terini shikastlanishlari va kasalliklari (psoriaz, ekzemaning ayrim shakllari, ixtioz, seboreyali dermatit); – obliteratsiyalovchi endarteriitda qoʻllanadi. — Ko’rish o’tkirligini yaxshilaydi , sababi A vitamini hisobiga. — Kapillyar qon tomirlarda qon aylanishini yaxshilaydi. Faqat shifokorning tavsiyasi boʻyicha qoʻllanadi. Ichga buyuriladi. Kuniga 1 kapsuladan, ovqat qabul qilishdan qatʼiy nazar. Davolash kursi – 30-40 kun. Shifokor bilan maslahatlashgandan keyin takroriy davolash kursini oʻtkazish mumkin. Allergik reaktsiyalar (teri toshmasi), qorin yuqori sohasida diskomfort his qilish, dispepsik buzilishlar (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya). Uzoq vaqt qabul qilganda o‘t-tosh kasalligi va surunkali pankreatit zo‘rayishi mumkin. — Preparatning komponentlariga yuqori allergik reaksiyalar bo’lganda. — A va E gipervitaminozi , ya’ni shu vitaminlar organizmda oshib ketganda . — 18 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas. — Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas . Birinchi 3 oylikda qabul qilish qat’iyan mumkin emas. — Qon bosimi baland bo’lganda va davleniyasi borlarga mumkin emas. — Miokard infarkti va yurak og’ir yetishmovchiligida mumkin emas. ▶Belgilangan dozadan ortiq qabul qilsangiz , qon bosimi oshadi . Shu sabab davleniya oshganda va doimiy qon bosimi bor kishilar qabul qilishi mumkin emas. ▶O’t — tosh kasalligi va pankreatit kasalligi bor bemorlarga qabul qilish buyurilmaydi. ?NARXI — 20 kapsulasi ( Rossiyaniki ) 5000 so’m. ?Qo’llash — retsept bilan ?Ishlab chiqaruvchi — Belarussiya , Rossiya , Uzbekistan @FARMAKOLOGIYA_TTA @KANAL_MUNDARIJASI ,,ТАБЛЕТКА » kanaliAEVIT kapsulasi
DO`STLARGA ULASHING:
?DORI SHAKLI ?
?TARKIBI ?
?TA’SIRIGA KO’RA ?
?QO’LLANILISHI ?
?QO’LLASH USULI VA DOZALARI ?
?NOJO’YA TA’SIRI ?
❌QO’LLASH MUMKIN EMAS HOLATLAR ?
?ADMIN MASLAHATI ?
AEVIT kapsulasi