ShERPLAR haqida to’liq ma’lumot oling

ShERPLAR haqida to’liq ma’lumot oling

ShERPLAR, sherpa — xalq. Sharqiy Nepalning (100 ming kishi, 1990-y. lar oʻrtalari) Jomolungma (Everest) togʻi atrofida, shuningdek, Hindiston (Darjiling vodiysida, 15 ming kishi)da yashaydi. Tibetbirma til guruhiga mansub tilda soʻzlashadi. Hukmron dinbuddizm (ningmapa sektasi). Sherplar oʻrta asrlarda Bosh Himolay togʻlaridan jan. roqqa koʻchib kelgan tibetliklar avlodi; tili va madaniyatiga koʻra tibetliklarga qardosh. Nepalda Sherplar dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadilar. Oʻtmishda Nepal va Tibet oʻrtasidagi savdoda vositachilik qilishgan. Hindiston va Sikkimda Sherplarning asosiy mashgʻuloti — savdosotiq va togʻ choʻqqisiga koʻtarilishda yuk tashuvchi sifatida qatnashish. Sherplar qishloqda jamoa boʻlib yashaydilar, 18 ta ekzogam klanlar (ru)ga boʻlinishgan; kichik monogam oila saqlangan, lekin poliandriya (bir necha akaukaning bitta xotini bor), poligamiya ham uchraydi.

Malumotlar
ShERPLAR