KULON TAROZI haqida to’liq ma’lumot oling

KULON TAROZI haqida to’liq ma’lumot oling

KULON TAROZI — nuqtaviy elektr zaryadlar va magnit qutblarning oʻzaro taʼsirini oʻrganishga moʻljallangan burama tarozi. Sh. Kulon ixtiro qilgan (1784). 1789-y. da G. Kavendish K. t. dan gravitatsion oʻlchashlarni va gravita-sion doimiyn aniqlashda foydalangan. Kulon tarozi shisha idish ichida ingichka metall yoki kvars ipga (Kulon 76 sm li kumush toladan foydalangan) osilgan shisha shayindan iborat. Shayinning bir uchiga yengil metall sharcha va ikkinchi uchiga posangi mahkamlangan (rasmga q.). Tarozi kallagi yordamida ipni va unga osilgan shayinni vertikal oʻq atrofida burish mumkin.

Asbobning yuqorigi qopqogʻidagi teshikchadan shayinga mahkamlangan sharcha b-n bir xil oʻlchamga ega boʻlgan elektrlangan ikkinchi sharcha tushiriladi. Bu sharcha elektrlanmagan sharchaga tekkanda ular orasida elektr zaryad teng taqsimlanadi. Sharchalar oʻzaro taʼsir tufayli bir-biridan itariladi, vatijada sharchali shayin biror burchakka buriladi. Uning burilish burchagi Kulon tarozi dagi silindrga chizilgan hisoblash shkalasi boʻyicha hisoblanadi. Bu shkala bevosita kuch yoki kuch momenti birliklarida darajadanadi. Shayinning burilish burchagi

xulosa chiqarish mumkin; bunda / — ip uzunligi, G — ip materialining siljish moduli, / — ip koʻndalang kesimining inersiya momenti. Kuch momenti Mk ni bilgan holda, sharchalar orasi – ^^ dagi oʻzaro taʼsir kuchini ham aniqlash mumkin. Ip qancha uzun boʻlsa va uning koʻndalang kesimi inersiya momentining qiymati qancha kichik boʻlsa, Kulon tarozining sezgirligi shuncha yuqori boʻladi.

Kulon tarozi koʻpgiva yuqori sezgirlikka ega zavonaviy asboblarda: elektrometrlar, magnitometrlar, gravitatsion vario-metrlar va b. da qoʻllanadi.

Malumotlar
KULON TAROZI