QUTLUGʻ TURKON OGʻO haqida to’liq ma’lumot oling
QUTLUGʻ TURKON OGʻO (1331 1383) — Amir Telgurning opasi. Amir Dovudbek dugʻlatning xotini. Sohibqiron 1360y. larning boshlarida gʻanimlari taʼqibi tufayli Samarqandga kelib Qutlugʻ Turkon Ogʻo uyida 48 kun turgan. 1375-y. Sohibqiron Oʻzganda Dilshod ogʻoga uylangan chogʻda Qutlugʻ Turkon Ogʻo noʻyonlar va amirlar bilan toʻyga yetib kelgan. Ni-zomiddin Shomiyning yozishicha, 1383-y. Dilshod ogʻo vafotidan bir necha kun oʻtgach, «oʻzining xayrli ishlari, inʼomu ehsoni bilan zamonasi xotinlaridan oʻzgan, oʻz xolis mollaridan madrasalar, xonaqohlar qurdirgan, har nav ezguliklari bilan jahon xalqiga foyda yetkazgan ulugʻ xotun — Amir Sohibqironning opa-si» Q. T. o. vafot etgan. Sohibqiron bundan qattiq iztirobga tushgan. Bir necha muddat mamlakat va davlat ishlari bilan shugʻullanmay qoʻygan. Qutlugʻ Turkon Ogʻo nihoyatda dono va zakovatli ayol boʻlgan. Amir Temur barpo etgan koʻp binolar uning maslahati bilan ishlangan. Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, «uning qabrini… Qusam ibn Abbosning mazoriga yaqin qazdilar va qoʻydilar».
Malumotlar
QUTLUGʻ TURKON OGʻO