QOʻZIBOYEV Neʼmat Mirzaboyevich haqida to’liq ma’lumot oling

QOʻZIBOYEV Neʼmat Mirzaboyevich haqida to’liq ma’lumot oling

QOʻZIBOYEV Neʼmat Mirzaboyevich (1929.20.7, Fargʻona – 2004.14.5, Toshkent) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston BA akad. (1997), Oʻzbekiston xalq rassomi (1970). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1947) va Leningrad ras-somlik, haykalta-roshlik va meʼmorlik in-ti (1953)ni tugatgan. !953y. dan Respublika ras-somlik bilim yur-tida, 1959-y. dan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-ti (hoz. Milliy rassomlik va di-zayn inti)da pedagog, 1984-y. dan prof. (1985-y. dan Qoʻziboyev ustaxonasi mavjud boʻlgan). Qoʻziboyev ijodi badiiy uslubining ifodaliligi bilan diqqatga sazovor; asarlarida mazmunning teranligi, davr ruhi, kishilar kayfiya-tini ifodalashda mahorati namoyon boʻldi: «Oʻzboy oʻzanida», «Qidiruv-chilar», «Yangi yoʻl», «Choʻponlar huzu-rida» kabi maishiy janrga oid asarlar, «Yunus Rajabiy», «Mirshohid Miroqilov», «Nodirabegim», «Ab-dulla Qodiriy» «Ibn Sino», «Be-runiy». «Navoiy va Sulton Husayn», «Navoiy portreti. Qush tili» kabi portretlar, «Bahor», «Fargʻona vodiysi», «Qoʻqon manzarasi» kabi tasvirlar va b.

Qoʻziboyev asarlari bilan respublika va xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etgan; asarlari respublika va chet el muzeylari va xusu-siy toʻplamlarda saklanadi. «Elyurt hur-mati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).

Ad.: Neʼmat Qoʻziboyev (katalog), Olmaota, 2005.

Malumotlar
QOʻZIBOYEV Neʼmat Mirzaboyevich