GEKSATIURAM haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GEKSATIURAM haqida malumot bilib oling.

GEKSATIURAM — oʻsimliklarni fi-topatogen zamburugʻlardan himoya qilishda ishlatiladigan kimyoviy preparat. Asosan urugʻlikni dorilashda qoʻllaniladi. 50% li tigam (TMTD) va 30% li geksaxlorbenzolning (GXB) mexanik aralashmasi (80% li hoʻllanuvchan kukun). Bugdoyning chang krrakuyasiga va ildiz chirish kasalligiga, makkajoʻxorining pufakli qorakuyasi va mogʻorlanishiga, gʻoʻzaning ildiz chirishi kasalligiga qarshi qoʻllaniladi. Geksatiuram bilan urugʻlarni dorilash urugʻlik tayyorlanayotgan vaqtda yoki ekishdan oldin markazlashtirilgan holda oʻtkaziladi. Sarf normasi bir tonna gʻalla urugʻligiga 2 kg, bir tonna chigitga 8—10 kg. Ishlatishdan oldin preparat 5—10 l suv bilan namlanadi. Kam zaharli. Kumulyativ xossaga ega.

Ensiklopediya.uz
GEKSATIURAM