VOZNESENSKIY Andrey Andreyevich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VOZNESENSKIY Andrey Andreyevich haqida malumot bilib oling.

VOZNESENSKIY Andrey Andreyevich (1933.12.5, Moskva) — rus shoiri. Sheʼrlari oʻta zamonaviylashtirilganligi, murakkab obrazliligi va ritmik tizimi bilan ajralib turadi. «Aksildunyolar» (1964), «Vitraj ishlari ustasi» (1976), «Adashtiruv» (1978) toʻplamlari, «Ustalar» (1959), «Lonjyumo» (1963). «Oza» (1964), «Avos» (1972), «Choh» (1986) va b. poemalar muallifi. Voznesenskiyning «Video—sheʼriyat», «Rossiya—qimorxona», «Chalkash shamollararo» kabi sheʼriy va nasriy kitoblari nashr qilingan. Shoʻro tuzumi davrida Voznesenskiy haqgoʻyligi, adolatparvarligi uchun taʼqibga uchragan. 1966-y. gi Toshkent zilzilasi paytida Toshkentda boʻlib, «Toshkentga yordam bering!» dostonini yozgan. Voznesenskiy Alisher Navoiy haqida «Alisher Navoiy — ulugʻ shoir… Navoiyning ming yillarga tatirli ahamiyati bor…», deb unga yuksak baho bergan.

«Mangu rizq» asari Sirojiddin Sayyid tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1990).

Ensiklopediya.uz
VOZNESENSKIY Andrey Andreyevich