GOʻYANDALIK haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GOʻYANDALIK haqida malumot bilib oling.

GOʻYANDALIKxalq orasida keng tarqalgan professional soʻz sanʼati koʻrinishlaridan. Goʻyandalik bilan shugʻullanuvchi odam goʻyanda deb nomlangan. Badiiy soʻz ijrochiligining mumtoz anʼanalariga koʻra, Goʻyandalik sanʼati ijrochilik jarayoni hamd (xudoning maqtovi) va naʼt (Muhammad (as) madhi)dan boshlanib, keyin aniq bir voqea va hodisalar bayoniga kirishilgan. Oʻrta asrlarda Goʻyandalik sanʼati gʻoyat rivojlangan va ijtimoiy mavqega ega boʻlgan, Goʻyandalik bilan shugʻullanuvchilar 2 toifaga: toʻyhasham va taʼziya goʻyandaligiga boʻlinadi.

Ensiklopediya.uz
GOʻYANDALIK