QUVUSHSHOXLILAR haqida to’liq ma’lumot oling

QUVUSHSHOXLILAR haqida to’liq ma’lumot oling

QUVUSHSHOXLILARjuft tuyoqli sut emi-zuvchilar oilasi. Gavdasi har xil kattalikda. Erkagi urgʻochisiga nisbatan yirikroq. Erkaklarida, koʻpincha ur-gʻochilarida ham 1 juft, baʼzan 2 juft (4 shoxli antilopa) shoxi bor. q. shoxlari muguz bilan oʻralgan; hayoti davomida almashinmaydi. 43 uruqqa mansub 125 turi maʼlum. Avstraliya va Antarktidadan tashqari barcha qitʼalarda tarqalgan.

Quvushshoxlilar — oʻtxoʻr, aksariyat poligam. 1—5 ta bola tugʻadi. Koʻpchilik turlari kichik poda boʻlib yashaydi. Ayrim anti-lopalar boshqa hayvonlar (fillar, zebralar, tuyaqushlar va b. antilopalar) bilan birga baʼzan katta poda hosil qiladi. Koʻpchilik turlarining soni keskin kamayib bormoqsa; ayrim turlari (jayron, zubr) faqat milliy bogʻlarda saqlanib qolgan. Oʻzbekiston faunasida 5 turi, jumladan, saygʻoq maʼlum; 4 turi (arxar, jayron, morxoʻr, togʻ takasi) Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan (yana q. Juft tuyoqlilar).

Malumotlar
QUVUSHSHOXLILAR