Shahzoda — O’tib ketadi haqida to’liq ma’lumot oling

Shahzoda — O’tib ketadi haqida to’liq ma’lumot oling

Qachondir bor edi sevgi,
U qalbimda yongan edi,
Yolg’iz seni deb, mening jonim.

Balki u so’nmagan hali,
Balki men hali ham seni,
Yolg’iz seni men sevaman, jonim.

Ammo bilaman men bekorga,
Bu so’zlar kerak emas senga,
Qiynarman yuragimni nega seni deb?

O’tib ketadi, qaytmaydi endi,
Orzular yondi, yoshlar to’kildi.
Qalbda qayg’ular yuragim qiynar,
Qayerda endi sen aytgan sevgi?
Jonim mening.

Qachondir bor edi orzu,
Doim meni chorlardi u,
Yolg’iz sening yoningda, jonginam.

Sen uchun men tayyor edim
Hattoki, berishga jonim,
Faqat sen bo’lsang meni yonimda.

Ammo bilaman men bekorga,
Bu so’zlar kerak emas senga,
Qiynarman yuragimni nega seni deb?
O’tib ketadi, qaytmaydi endi,
Orzular yondi, yoshlar to’kildi.
Qalbda qayg’ular yuragim qiynar,
Qayerda endi sen aytgan sevgi?
Jonim mening. (x1+x1)

Jonim mening…

Malumotlar
Shahzoda — O’tib ketadi