QORAUNGURSOY RASMLARI haqida to’liq ma’lumot oling

QORAUNGURSOY RASMLARI haqida to’liq ma’lumot oling

QORAUNGURSOY RASMLARINurota togʻlari Qoratogʻ tizmasining jan. yon bagʻridagi Qoraungursoy qoyatoshlariga ishlangan tasvirlar. Navoiy viloyati Navbahor tumani hududida. X. Muhamedov topgan. N. Toshkanboyev, A. Kabirovlar gomonidan oʻrganilgan. Rasmlar (250 dan ortiq)ning asosiy qismi mil. av. 1-ming yillikning 2-yarmiga mansub, ilk oʻrta asrlarga oid rasmlar ham uch-raydi. Rasmlar uslub jihatidan har xil boʻlib, bu ularning turli davrlarda yaratilganidan darak beradi. Rasmlar qattiq buyumlar bilan urib-oʻyib soya. oddiy chiziqlar uslubidan ishlangan. Qoyalarda chavandozlar, ot, it, echki, qoʻy, toʻngiz, arxar, yirt-qich hayvonlar va b. tasvirlangan. Qoraungursoy rasmlari shu hududda yashagan qad. ajdodlar xoʻjaligi. eʼtiqodi, madaniyati va sanʼatini oʻrganishda muhim manba sifatida qimmatlidir.

Malumotlar
QORAUNGURSOY RASMLARI