KALKULYATSIYA haqida to’liq ma’lumot oling

KALKULYATSIYA haqida to’liq ma’lumot oling

KALKULYATSIYA (lot. calculatio, calculo — hisoblayman, hisob-kitob) — mahsulot birligi yoki bajarilgan ish tannarxini hisoblab chiqarish. Kalkulyatsiya tannarx boʻyicha reja yoki hisobotning asosiy koʻrsatkichlaridan biri hisoblanadi. Korxonada aniq bir turdagi mahsulot birligini i. ch. va sotish boʻyicha, shuningdek, xalq xoʻjaligining sanoat, transport va b. tarmoqlarida ish birligini (tashish, taʼmirlash va b.) bajarish uchun qilingan xarajatlarni pul shaklida ifoda etadi. Kalkulyatsiya quyidagi turlarga boʻlinadi: reja Kalkulyatsiyasi (ilgʻor ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etishning ilgʻor usullarida mehnat sarflari meʼyorlari asosida tuziladi). Bunday Kalkulyatsiya navbatdagi davr uchun (yil, chorak) ayrim mahsulotlarning oʻrtacha tannarxini belgilashda qoʻllaniladi, ulgurji narxni belgilashga asos boʻladi; hisobot K. (xatga olish maʼlumotlari asosida hisoblanadi, reja vazifalari bajarilishini nazorat qilish uchun tuziladi, amaldagi xarajatlar darajasini koʻrsatadi); normativ Kalkulyatsiya (i. ch. vositalari va ish vaqtidan foydalanishning mavjud meʼyorlari asosida tuziladi); l o y i ha Kalkulyatsiya (boshqa koʻrsatkichlar bilan bir qatorda kapital qoʻyilmalar va yangi texnikaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda qoʻllaniladi). Shuningdek, tannarx Kalkulyatsiyasi ishlab chiqarish, toʻliq, tarmoq va b. K. larga boʻlinadi.

Malumotlar
KALKULYATSIYA