VLADIKAVKAZ haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VLADIKAVKAZ haqida malumot bilib oling.

VLADIKAVKAZ (osetincha Dzaujikau) (1931—44 va 1954—90 y. larda Orjonikidze, 1944—54 y. larda Dzaujikau) — RF dagi shahar (1860-y. dan). Shim. Osetiya poytaxti, Terek daryosi sohilida. T. y. stansiyasi. Aholisi 325 ming kishidan ziyod (1999). Mashinasozlik (elektrotexnika, priborsozlik va b.), rangli metallurgiya, kimyo, shisha, yogochsozlik, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, 4 oliy oʻquv yurti (shu jumladan Shim. Osetiya un-ti), 4 teatr, Shim. Osetiya badiiy muzeyi, K. L. Xetagurov nomli Shim. Osetiya adabiyot muzeyi, Xetagurov uy-muzeyi bilan birga Shim Osetiya birlashgan muzeyi va b. bor. Turizm rivojlangan. Vladikavkazga Gruziya Harbiy yoʻlini qoʻriqlash uchun 1784-y. rus qalʼasi sifatida asos solingan.

Ensiklopediya.uz
VLADIKAVKAZ