VITSE-PREZIDENT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VITSE-PREZIDENT haqida malumot bilib oling.

VITSE-PREZIDENT — 1) ayrim davlatlarda (AQSH, Lotin Amerikasi mamlakatlari va b.) davlat boshligʻining oʻrinbosari, qoida boʻyicha, prezident b-n bir vaqtda saylanadi. V.-p. odatda maxsus vakolatga ega boʻlmaydi: u prezidentning topshiriqlarini bajaradi, prezident lavozimdan chetlashtirilsa, vafot etsa, isteʼfoga chiqsa va h. k. hollarda prezidentning vakolatlari va vazifalari V.-p. ga oʻtadi;

2) turli milliy va xalqaro tashkilotlarda prezident oʻrinbosari;

3) baʼzi ilmiy muassasalar (akademiya, ilmiy jamiyat va h. k.)da saylab qoʻyiladigan lavozim (mas., Oʻzbekistan Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti).

Ensiklopediya.uz
VITSE-PREZIDENT