VIRUSOLOGIYA INSTITUTI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VIRUSOLOGIYA INSTITUTI haqida malumot bilib oling.

VIRUSOLOGIYA INSTITUTIOʻzbekiston FA Virusologiya instituti — odamlar uchun oʻta xavfli boʻlgan yuqumli kasalliklar, jumladan viruslar qoʻzgatadigan kasalliklarning tarqalishi, viruslarning tashqi muhitda saqlanishi qonuniyatlarini oʻrganadigan, fundamental va amaliyot uchun tadqiqotlar olib boradigan in-t. Oʻrta Osiyo mintaqalarida viruslarning tarqalishi, virusli kasalliklar rivojlanishining mintaqaviy qonuniyatlarini oʻrganish maqsadida sobiq Ittifoq Tibbiyot FA D. I. Ivanovskiy nomidagi Virusologiya intining Toshkentdagi filiali sifatida 1978-y. da tashkil etilgan. 1988-y. dan Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga qarashli mustaqil in-t, 1991-y. dan Tibbiyot FA Oʻrta Osiyo boʻlimi in-ti, 1994-y. dan Oʻzbekiston FA qaramogʻida. In-tda gepatit viruslarini aniqlash va tashhislash, virusli gepatitlar epidemiologiyasi, bolalar va kattalarda uchraydigan gepa-titlar klinikasini oʻrganish, jigar hujayralarini immunelektron mikroskopik morfologiyasini oʻrganish, interferon, detoksikatsiya, arbovirus-larni oʻrganish lab. lari bor. V. i. ning ilmiy yoʻnalishi respublikada virusli gepatit hamda arboviruslarga xos kasalliklarning viruslarini aniqlash va ularning oʻziga xos hamda ular keltirib chiqaradigan kasalliklarning rivojlanishi va kechishi qonuniyatlarini oʻrganishga qaratilgan. In-t virusli kasalliklarni oʻz vaqtida aniqlash va oldini olish, asoratlari-ni tugatish tadbirlarini ishlab chiqadi va tibbiyot amaliyotiga tatbiq etadi. 20 yil davomida olib borilgan tadqiqotlar natijasida MDH davlatlari orasida birinchi boʻlib virusli gepatitning A, V, S, D, Ye turi borligi va ular oʻziga xos qonuniyatlar hamda farqlarga ega ekanligi, epidemiologiyasi, klinik rivojlanishi va qoldirajak asoratlari bilan ham bir-biridan farq qilishi aniqlanadi. 1988-y. da Virusologiya instituti tashabbusi b-n V gepatitga qarshi oʻtkazilgan emlash tufayli bu kasallikning kamayishi isbotlandi va shu asosida dastur hamda loyihalar ishlab chiqildi. Mintaqada arboviruslarning turlari, ularning ekogeografiyasi aniqlandi. Bir mintaqadan ikkinchi mintaqaga viruslar va ular manbalarining koʻchib yurishi hamda kasallikning roʻyobga chiqishiga oid qonuniyatlar oʻrganildi. Interferon lab. Oʻzbekistonda keng tarqalgan dorivor oʻsimliklarda viruslarga taʼsir etuvchi moddalarni oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish bilan shugʻullanadi. Detoksikatsiya lab. bemor organizmidagi suyuqliklar va hujayralarda mavjud boʻlgan zaharli moddalarni parchalash va ularni organizmdan chiqarib yuborish usullari ustida izlanishlar olib boradi.

In-tda 4 fan d-ri, 15 dan ortiq fan nomzodi va bir qancha ilmiy xodimlar faoliyat koʻrsatadi (2001).

Ensiklopediya.uz
VIRUSOLOGIYA INSTITUTI