GIMNASTIKA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIMNASTIKA haqida malumot bilib oling.

GIMNASTIKA (yun. gymnastike mashq qilaman) — 1) jismoniy mashqlar tizimi, jismoniy tarbiyaning muhim turi. Kishilarning jismoniy jihatdan har tomonlama oʻsishiga va salomatligini mustahkamlashga, epchil, chaqqon, harakatchan boʻlishiga yordam beradi. Gimnastika oʻz vazifalari, xususiyatlari va metodik usullariga qarab quyidagi turlarga boʻlinadi: asosiy Gimnastika (gigiyenik va atletik Gimnastika bilan birga), G. ning amaliy turlari (shu jumladan ishlab chiqarish G. si), sport G. si, badiiy gimnastika va sport akrobatikasi. Gimnastika mashqlari Yunonistonda jismoniy tarbiya tizimiga kirgan, yoshlarni Olimpiada oʻyinlariga tayyorlash vositasi boʻlib xizmat qilgan. 18-a. oxiri — 19-a. boshlaridan Yevropa mamlakatlarida turli Gimnastika asboblarida mashqlar bajarish, 19-a. 2-yarmidan esa musobaqalar oʻtkazish rasm boʻladi. 1896-y. dan Gimnastika Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi (1928-y. dan ayollar musobaqalari oʻtkaziladi). 1903-y. dan erkaklarning, 1934-y. dan ayollarning jahon birinchiligi oʻtkaziladi. Oʻzbekistonlik sport Gimnastika chilari K. Joʻrayev, T. Karimov, E. Gʻiyozov, G. Gʻiyozov, T. Ibrohimov, Sh. Xonkeldiyev, A. Otaxonovlar turli musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashganlar. Oʻzbekiston G. chilaridan Gimnastika Shamray ilk bor olimpiada chempioni unvoniga sazovor boʻldi (1952, Xelsinki). Oʻzbekistonlik S. Diomidov 18 – va 19-Olimpiada oʻyinlarida sovrinli oʻrinlar oldi. Elvira Saadiy esa Myunxen olimpiadasining oltin medali (1972) va jahon chempioni unvoni (1974) bilan taqdirlandi. Oʻzbekistan terma jamoasi aʼzolaridan O. Chusovitina, R. Galiyeva katta shuhrat qozondilar.

Shavkat Xoʻjayev.

Ensiklopediya.uz
GIMNASTIKA