GIDROMETRIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GIDROMETRIYA haqida malumot bilib oling.

GIDROMETRIYA (gidro… va metriya) — gidrologiya fanining oʻlchov qismi. Suv obyektlarining gidrologik rejimi elementlari, suv sathi, suv sarfi, suvning oqish tezligi, loyqaligi, kimyoviy tarkibi, harorati, muzlanish hodisalari, suv yuzasining nishabligi va b. oʻlchash, kuzatish usullari va asboblarni ishlab chiqish hamda ularni bevosita amalga oshirish ishlari bilan shugʻullanadi.

Qaysi suv turi oʻrganilishiga qarab, Gidrometriya atmosfera suvlari Gidrometriyasi — gidrometeorologiya, yer usti suvlari Gidrometriyasi — amaliy okeanografiya va daryo G. siga, yer osti suvlari Gidrometriya siga hamda sugʻorish tizimlaridan foydalanish jarayonida rivojlangan Gidrometriyaning muhim sohasi — amaliy Gidrometriyaga boʻlinadi.

Ensiklopediya.uz
GIDROMETRIYA