GERASIMOV Mixail Mixaylovich haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GERASIMOV Mixail Mixaylovich haqida malumot bilib oling.

GERASIMOV Mixail Mixaylovich [1907.2(15).9, Peterburg – 1970.21.7, Moskva] — antropolog, arxeolog va haykaltarosh; odamning kalla suyagi asosida qiyofasini tiklash ilmiy maktabi asoschisi. Tarix fanlari dri (1956). Oʻrta Osiyoga uyushtirilgan arxeologik ekspeditsiyalarda qatnashgan. Sibirdagi Malta, Surxondaryo viloyatidagi Machay gori, Teshiktosh gori, Toshkent viloyatidagi Obirahmat gʻori kabi ibtidoiy makonlarni tekshirgan. Gerasimov oʻzi ishlab chiqqan usul bilan qad. odamlar (pitekantrop, sinantrop, neandertal) qiyofasi (mas, Teshiktosh gʻoridan topilgan mustye odami yuz tuzilishi)ni va bir necha tarixiy shaxslar (Yaroslav Mudriy, Ivan Grozniy, Amir Temur, Ibn Sino, Rudakiy, Shiller, Shohrux, Ulugʻbek va b.) haykal-portretini yaratgan.

Ensiklopediya.uz
GERASIMOV Mixail Mixaylovich