GEKKONSIMONLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GEKKONSIMONLAR haqida malumot bilib oling.

GEKKONSIMONLAR (Gekkonidae), changalbarmoqlilar — kaltakesaklar oilasi. Uz. 30 sm cha. Boshi katta, gʻadir-budur tangachalar bilan qoplangan. Oyoqlari yaxshi rivojlangan, barmoqlari keng. Barmoqlarining osti shox plastinkali mayda soʻrgʻichlar (qillar) b-n qoplangan. Soʻrgʻichlari va changal barmoqlari yordamida Gekkonsimonlar devor, daraxt, qoya, jar kabi tik joylarda, hatto, oyna betida yura oladi. Dumi sinuvchan, singan qismi qaytadan oʻsib chiqadi (q. Regeneratsiya). G. tovush chiqaradi. Rangi och kulrang yoki toʻq jigarrang. Ular har xil mayda hasharotlar, lichinkalar, oʻrgimchaklar b-n oziqlanadi. 480 tacha turi maʼlum. Tropik, subtropik va moʻtadil iqlimda, jumladan, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyo, Kavkaz va Qrimda tarqalgan. Ayrim turlari Qizil kitobga kiritilgan. Gekkonsimonlar tunda faol harakat qiladi. Oʻzbekistonda 8 turi uchraydi. Dasht va choʻllarda, loydan qurilgan eski imoratlar devorida yashaydi. Choʻldagi turlari in kovlaydi. Oʻzbekistonda kaltakesaklardan odamlar hazar qiladi. Vaholanki, Gekkonsimonlar beozor jonivor boʻlib, zararli hasharotlarni yeb foyda keltiradi. Gekkonsimonlarning tipik vakillaridan: Turkiston harom kaltakesagi; taroq barmoqli gekkon, parrak dumli gekkon va b. maʼlum.

Ensiklopediya.uz
GEKKONSIMONLAR