
GVATEMALA haqida malumot bilib oling.
GVATEMALA — Gvatemala Respublikasi poytaxti. Gvatemala togʻligining jan.-sharqiy qismidagi vodiylardan birida (1S02 m balandlikda) joylashadi. Aholisi qariyb 2,4 mln. kishi (1999), asosan indeys va kreollar. Iklimi subekvatorial, passatli musson iqlim. Oʻrtacha oylik t-ra 15—20°. Yillik yogʻin 500—1000 mm.
Gvatemala 1524-y. da Santyago nomi bilan qurila boshlagan. 1541-y. Agau vulkani otilganda va 1917-y. dek. hamda 1918-y. yanv. dagi zilzilada butunlay vayron boʻlib, keyinchalik qayta tiklangan. T. y. orqali Tinch okean sohili va Karib dengizining portlari bilan bogʻlangan. Xalqaro aeroport bor. G. — mamlakatning muhim sanoat markazi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, koʻn poyabzal, mebel korxonalari, t. y. ustaxonalari bor. Meʼmoriy yodgorliklardan katolik sobori (1782—1815) saklangan. Gvatemalada bir necha un-t, Oliy politexnika maktabi, Harbiy akademiya, Iqgisod maktabi, Milliy konservatoriya, FA (1930), Milliy in-t (1945), Antropologiya va tarix in-ti (1946), Meteorologiya va seysmologiya in-ti, rasadxona, Milliy kutubxona va b. bor.
Ensiklopediya.uz
GVATEMALA