
GRANATLAR ENSIKLOPEDII LUGʻATI haqida malumot bilib oling.
GRANATLAR ENSIKLOPEDII LUGʻATI — Rossiya universal ensiklopediyasi. Aka-uka A. va I. Granatlar tomonidan Moskvada nashr etilgan (1890). 1904-y. gacha 6-marta toʻliq nashr qilingan. 7-qayta ishlangan nashri 1910—48 y. larda 58 jildda chiqqan (56-jildi chiqmay qolgan). 1917-y. gacha «Aka-uka A. va I. Granatlar va K»» shirkati, soʻng Granatlar Rus bibliografiya in-ti, 54 – va 58-jildlarini «Sovetskaya ensiklopediya» Davlat in-ti nashr etgan.
Koʻzga koʻringan olimlar (A. V. Lunacharskiy, K. A. Timiryazev, L. S. Berg, V. I. Palladii, P. L. Kapitsa va b.) lugʻatni tahrir qilishda va unga maqolalar yozishda qatnashishgan.
Ensiklopediya.uz
GRANATLAR ENSIKLOPEDII LUGʻATI