Quturish kasalligi — belgilari, xususiyatlari, tashxis, davolash va oldini olish

Quturish kasalligi — belgilari, xususiyatlari, tashxis, davolash va oldini olish

Quturish kasalligi — quturish virusi (Rabies virus) qo’zg’atadigan virusli kasallik, issiqqon hayvonlar va odamlarda uchraydi. Odamga kasallangan hayvonlar tishlaganda yoki tirnaganda ularning so’lagi orqali yuqadi. Virus yuqganda markaziy asab tizimining og’ir progressiv shikastlanishi kuzatiladi.

Virus shikastlangan teri orqali asab oxirlari tomon harakatlanadi va ular orqali miya va orqa miyaga tarqaladi. Kasallik insonlar uchun halokatli hisoblanadi va kasallikni faqatgina favqulodda emlash bilan oldini olish mumkin.

svg%3EQuturish- quturish virusi (Rabies virus) qo'zg'atadigan virusli kasallik

Xususiyatlari

Quturish — har yili minglab o’limga sabab bo’ladigan hayot uchun xavfli kasallik. Itlar — virusni eng keng tarqatadigan hayvonlardir.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, har yili 59 000 kishi quturish kasalligidan vafot etadi. Ularning 99 foizi quturgan it tishlashi natijasida kasallangan. Biroq, hayvonlar va insonlar uchun vaktsina mavjudligi quturish hollarda o’lim ko’rsatkichlarining kamayishiga olib keldi.

Virus markaziy asab tizimiga ta’sir qilib, ayniqsa miya yallig’lanishiga sabab bo’ladi (o’ziga xos ensefalit). Skunks, mahalliy itlar, mushuklar, quyon va yovvoyi hayvonlar tishlashi va tirnashi orqali insonlarga virus yuqishi mumkin. Quturishga qarshi kurash tezkor davo choralariga bog’liq bo’ladi.

Quturish belgilari va alomatlari

Odamlarda quturish kasalligining asosiy belgisi — gidrofobiya yoki suvdan qo’rqish snaladi. Avval suv ichishdan qo’rqish kuzatilsa, keyinchalik suvni ko’rganda va suv haqida gap ketganda ham qo’rqish belgilari kuzatiladi. Qo’shimcha ravishda yutunish mushaklarining titroqli harakati, qo’rquv, tutqanoq, nafas olishdagi uzulishlar aniqlanishi mumkin.

Tutqanoq tovush va yorug’lik ta’siri oqibatida boshlanadi. Bemor hamma narsani sindirib, odamlarga tashlana boshlaydi, «zo’ravon» hujumdan keyin «jim» — falajlikning boshlang’ich belgisi boshlanadi. Shundan so’ng nafas olish to’xtashi va o’lim sodir bo’ladi.

Tishlashdan boshlab kasallik belgilari paydo bo’lgunigacha bo’lgan vaqt kasallikning inkubatsion davri deb ataladi. Odatda kasallik alomatlari inson kasallanganidan 4-12 hafta o’tib namoyon bo’la boshlaydi. Biroq, inkubatsiya davri bir necha kun yoki olti yilgacha cho’zilishi ham mumkin.

Quturish gripp kabi alomatlar bilan boshlanadi, jumladan:

  • Isitma;
  • Mushaklarning kuchsizligi;
  • Og’riqlar.

Bundan tashqari, tishlangan joyda achishish hissi kuzatilishi mumkin.

Bu asosiy belgilari tashqari yana tana haroratining 37 °C gacha ko’tarilishi, ruhiy tushkunlik, uyquning buzulishi, uyqusizlik, bezovtalik, tishlangan joyda og’riqlar (yara tuzalgan bo’lsa ham) qayd qilinishi mumkin. Virus markaziy asab tizimini shikastlashda davom etishi sayin, kasallik ikki xil turda rivojlanishi mumkin.

G’azabli quturish

G’azabli quturish rivojlangan odamlarda haddan tashqari harakatchanlik va agressiya kuzatiladi. Boshqa alomatlarga:

  • Uyqusizlik;
  • Bezovtalik;
  • Tartibsizlik;
  • Tashviqot;
  • Gallyutsinatsiyalar;
  • Ko’p so’lak oqishi;
  • Yutish bilan muammolar;
  • Suvdan qo’rqish.

Falajli (tinch) quturish

Quturishning bu shakli rivojlanishi uchun ko’proq vaqt talab etiladi, lekin ta’siri og’ir bo’ladi. Kasallangan kishi asta-sekin falajlana boshlaydi va oxir-oqibat komaga tushadi, hatto o’lishi mumkin. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, quturishning 30% hollarida falajlik yuz beradi.

Kim quturishga duchor bo’lishi mumkin

Quturish virusi tashqi muhitda tez nobud bo’ladi. 56 °C da 15 daqiqada, qaynatganda 2 daqiqada.

Quturish virusi insonlarga quturgan hayvonlar tishlashi yoki tirnashi oqibatida jarohat joyiga ularning so’lagi tushishi natijasida yuqadi. Virusning shilliq qavat yoki ochiq jarohatlarga boshqa yo’llari orqali tushishida ham kasallanish sodir bo’lishi mumkin. Virus faqat hayvondan insonga yoki hayvondan va hayvonga yuqishi mumkin. Uning insondan inosnga yuqishi ehtimoli juda kam bo’lsa-da, tarixda bir necha shunday holatlar qayd etilgan.

Kishi infektsiyalangan bo’lsa, virus miyaga asab tolalari orqali tarqaladi. Virus miyada tez va jadal ko’paya boshlaydi. Bu faoliyat miya va orqa miyaning kuchli yallig’lanishiga olib keladi va bemorning ahvoli tezda yomonlashib, asfiksiya va yurak to’xtashi natijasida nobud bo’ladi. Jarohat bosh yoki bo’yin sohasida bo’lsa, miya va orqa miya shikastlanishi tezroq boshlanadi. Agar jarohat bo’yinda bo’lsa, iloji boricha tezroq tibbiy yordam chaqirish kerak.

Kasallikni tarqatuvchi hayvonlar

Hayvonlar quturishining asosiy belgisi — uning xulqi o’zgarishi hisoblanadi: yaxshi uy hayvoni tajovuzkor, yovvoyi va tishlashga shay bo’lib qoladi.

Yovvoyi hayvonlar ham, uy hayvonlari ham quturish virusini tarqatishi mumkin. Kasallikning asosiy sababchilari qatoriga quyidagi hayvonlar kiradi:

  • Itlar;
  • Ko’rshapalaklar;
  • Mushuklar;
  • Sigirlar;
  • Echki;
  • Otlar;
  • Quyonlar;
  • Qunduzlar;
  • Bo’ri;
  • Chiyabo’ri;
  • Maymun;
  • Skunks.

Xavf guruhi

Aksariyat odamlar uchun quturish  bilan kasallanish xavfi nisbatan past. Shu bilan birga, infektsiya xavfi yuqori bo’lgan bir guruh odamlar mavjud. Bunga quyidagi toifa kishilar kiradi:

  • Ko’rshapalaklar ko’p yashaydigan hududda yashash;
  • Rivojlanayotgan mamlakatlarga sayohat;
  • Qishloq joylarida yashovchi yovvoyi hayvonlar bilan ko’proq ta’sir ko’rsatadigan va emlashlar va immunoglobulin bilan profilaktik davolanishga ega bo’lmagan joylarda yashash;
  • Tez-tez tog’larga dam olishga borish va yovvoyi hayvonlar bilan aloqa qilish;
  • 15 yoshgacha bo’lish (quturish bu yosh guruhida keng tarqalgan).

Itlar dunyodagi ko’plab quturish holatlari uchun javobgar bo’lishiga qaramasdan, janubiy va shimoliy Amerikada quturishning asosiy tashuvchisi ko’rshapalak hisobanadi va aynan shu hayvon aksariyat o’limlarga sabab bo’ladi.

Tashxislash

Quturish infektsiyasini erta bosqichlarda aniqlash usullari hozircha mavjud emas. Simptomlar boshlanganidan keyin shifokorga insonning tibbiy holatini aniqlashga qon tahlili yoki to’qima analizi yordam beradi. Agar kishi yirtqich hayvon tomonidan tishlangan bo’lsa, shifokorlar odatda alomatlar paydo bo’lishidan oldin infektsiyani to’xtatish uchun profilaktik vaktsinatsiyani belgilaydilar.

Odatda laboratoriya diagnostikasi amalga oshirilmaydi, ammo ko’zning yuzasidan quturish virusi antigenini aniqlab olish usuli mavjud.

Quturishni davolash

2005-yilgacha kasallikning klinik belgilari namoyon bo’la boshlanganda quturishni davolashning samarali usullari fanga ma’lum emas edi. Ko’pincha azobli holatni yengillashtirish uchun simptomatik vositalar bilan cheklanishga to’g’ri kelardi. Harakat qo’zg’aluvchanligi tinchlantiruvchi (sedativ) vositalar bilan bostirilardi, tutqanoqlar esa kuraresimon preparatlar bilan. Nafas buzilishlari esa traxeostomiya va bemorni sun’iy nafas apparatiga ulash bilan kompensatsiyalanardi.

Hozirgi kunda virusi yuqganidan keyin, insonga kasallanishni oldini olish uchun bir qator inyeksiyalar qilinadi. Virus bilan kurashish uchun quturishga qarshi immunoglobulin beriladi. U quturishga qarshi antitanalarni darhol ishlab chiqilishiga imkon beradi va virusning kirib borishini oldini oladi. Shundan so’ng quturishga qarshi emlashni olish bu kasallikning oldini olishning kalitidir. Vaktsinalar 14 kun davomida beshta inyeksiya ketma-ketligida beriladi.

Hayvonlarni nazorat qilish xizmati kishini tishlagan hayvonni tekshirish uchun uni izlab topishga harakat qiladi. Hayvon quturmagan bo’lsa, kishi inektsiyalar olmasligi mumkin. Biroq, hayvon topilmasa, eng xavfsiz harakat chorasi — bu davolash usullarini qo’llashdir.

Quturishga qarshi vaksina qancha barvaqt olinsa, kasallikning oldini olish ehtimoli shuncha yuqori bo’ladi. Shifokorlar jarohatni sovun va suv yoki yod bilan kamida 15 daqiqa davomida yuvish orqali davolashadi. Keyin immunoglobin yuboriladi va quturishga qarshi emlash boshlanadi. Ushbu protokol «postkontakt profilaktika» deb nomlanadi.

Davolashning nojo’ya ta’sirlari

Quturishga qarshi emlash va immunoglobulin juda kamdan-kam holatlarda ba’zi nojo’ya ta’sirlarga sabab bo’lishi mumkin, jumladan:

Oldini olish

Quturishni oldini olish mumkin. Quturish bilan kasallanishdan qochish uchun bir necha oddiy tavsiyalar mavjud:

  1. Rivojlanayotgan mamlakatlarga sayohat qilishdan, hayvonlar bilan yaqin aloqada ishlashdan yoki patogen virusni o’rganish bilan shug’ullanadigan laboratoriyada ishlashdan oldin quturishga qarshi emlashni qabul qilish.
  2. Uy hayvonlarini emlatish.
  3. Yovvoyi itlar haqida hayvonlarni nazorat qilish xizmatiga xabar berish.
  4. Yirtqich hayvonlar bilan aloqa qilishdan saqlanish.
  5. Uy yaqiniga va uyga ko’rshapalaklar kirishiga yo’l qo’ymaslik.

Vaktsiyani 1881-yilda Lui Paster kashf etgan. 1885-yilda vaktsina it tishlab olgan bolada qo’llab ko’rilgan. Bunda bolaning kasallanmaganligi qayd etilgan.

Butunjahon quturishga qarshi kurashish kuni

Butunjahon uturishga qarshi kurash kuni (World Rabies Day) har yili 28-sentyabr kuni nishonlanadi. BMT`ning xalqaro kunlari ro’yxatiga kiritiladi. Ushbu sananing tanlanishi Lui Pasterning o’limi kuni bilan bog’liq.

Kasalliklar
davolash va oldini olish, Quturish kasalligi — belgilari, tashxis, xususiyatlari