14 avgust — Mirkarim Osim tug‘ilgan kun

14 avgust — Mirkarim Osim tug‘ilgan kun
14 avgust mirkarim osim tugilgan kun 65ca778a81e33

photo 2023 08 14 22 16 52

14 avgust — Mirkarim Osim tug‘ilgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun 14 avgust — Mirkarim Osim tug‘ilgan kun

Mirkarim Osim 1907 yil 14 avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi (1944), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1977).
Moskvadagi Bubnov nomidagi pedagogika institutini tugatgan (1926—30).
«Yangi ariq» ilk qissasi (1925) Qo‘qon xonligini ideallashtirgan asar sifatida bosilmay qolgan.
Dastlabki yirik asari — «Astrobod» tarixiy qissasi Alisher Navoiy hayotiga bag‘ishlangan.
Shundan keyin u Navoiy haqida turkum qissa va hikoyalar yozgan (1937—40). «To‘maris», «Shiroq», «Iskandar va Spitamen», «Temur Malik», «Mahmud Torobiy», «O‘tror» kabi qissalar muallifi.
Uning «Zulmat ichra nur», «Ajdodlar qissasi», «Jayhun ustida bulutlar», «Aljabrning tug‘ilishi», «Ibn Sino qissasi», «Singan setor» singari asarlari o‘zbek tarixiy qissachiligining yuksak namunalaridandir.
M. Sholoxovning «Tinch oqar Don» (2-kitob), S. Borodinning «Yeldirim Boyazid» romanlari va x.k. o‘zbek tiliga tarjima qilgan
1984 yil Toshkentda vafot etgan.

14 avgust — Mirkarim Osim tug‘ilgan kun