Qizlarga yoqadigan gaplar — chiroyli va shirin so’zlarni amalda qo’llash
So’zlar — odamlar o’rtasidagi muloqotning asosiy usuli hisoblanadi. Ular o’zlarida nafaqat ma’no, balki hissiy mazmun ham saqlaydi, shuning uchun ba’zi so’zlar xafa qilsa, boshqalari esa, aksincha, jonlantiradi va kuch beradi. Biz ko’pincha so’zlarni qo’llashda ularga ko’p ham e’tibor bermaymiz, keyin esa tushunmovchiliklar kelib chiqqani va nega munosabatlar buzilganiga hayron bo’lamiz. Ayniqsa, bu erkaklar va ayollar o’rtasida munosabatlarda aniq ko’rinadi.
Turli juftliklarga qarab, ba’zan birlari har doim urishib qolishlari, boshqalari esa baxtdan porlab turishlarini sezish mumkin. Ehtimol, baxtli juftliklarda erkaklar ayollarga ta’sir qilish sirlarini nafaqat bilishadi, balki amalda ham qo’llashar?
Ayollar quloqlari bilan sevadi
Hamma bu dono gapni eshitgan. Uning ikkinchi qismi ham mavjud: «Erkaklar ko’zlari bilan sevadi». Ayollarning aksariyat qismi bu qoidaga nafaqat e’tibor berishadi, balki undan to’g’ri foydalanishni ham bilishadi. Yigitlar esa qizlarga shirin gaplar gapirishning ahamiyati qanchalik muhim ekanligini inobatga olishmaydi. Afsuski, hamma erkaklar ham ayollarga qachon va qanday qilib iltifot qilish kerakligi haqida bilmaydi. Ushbu murakkab bo’lmagan ilmni o’zlashtirib, erkaklar hatto eng nozik go’zallarning qalbiga ham yo’l topishni o’rganishadi.
Albatta, har doim ham shirin so’zlarga uchmaydigan muayyan foiz ayollar bo’ladi. Ehtimol, bu bir vaqtlar erkakning so’zlariga ishonib aldangan va ko’ngli qolgan yoki moddiy manfaatni ko’zlaydiganlar ayollardir. Yaxshiyamki, bunday toifa qizlar foizi kam bo’lib, aksariyati iltifotlarga u yoki bu darajada albatta quvonishadi.
E’tiborga munosabat — ayollar tabiatidir. Shuning uchun, sizga qadrli bo’lgan qizga shirin so’zlar orqali o’z munosabatlaringizni bildiring va buning ta’sirini amalda ko’rasiz. Chunki qizlar uchun shirin so’zlar — gullar uchun quyosh nurlari va suv kabidir.
Faqat bir narsani esda tutish kerak, barcha ayollar juda nozik mavjudot sanaladi, shuning uchun sizning iltifotlar va maqtovlaringiz «statistika» uchun emas, balki chin qalbdan bo’lishi kerak. Shunga qaramay, ushbu ma’lumotlardan bir nechta yoqimli so’zlarni o’rganish va ularni kerakli lahzalarda qo’llashni sizga hech kim taqiqlamaydi.
Qizlarga qanday gaplar yoqadi: she’rlar yoki nasr?
Agar yigit shirin so’zlarini she’rga bita olsa, bunday qobiliyatga sharaflar bo’lsin. Aynan shunday shoirlar eng qadimgi davrlardan buyon mahbubalarining muhabbatini qozonishgan. Chunki she’r satrlari mo’jizaviy maromga ega, ayniqsa ular sevgan ayolga his-tuyg’ular bilan to’lgan bo’lsa. Bunday so’zlar butun dunyodagi barcha gullar va sovg’alardanda afzal va qizning yuragiga tezda yo’l topishga imkon beradi
Ba’zan yosh yigitlar she’riy qobiliyatga ega bo’lmasada, baribir o’zlarini sinab ko’rishga harakat qiladilar. Buning yomon tomoni yo’q. Ularning she’rlari ommaviy nashrda chop etilmasa ham, sevuvchi yuraklar bunday urinishni diomo qadrlaydi.
Agar she’riyatda qobiliyat bo’lmasa ham, ba’zan she’rlardanda ko’proq ma’no saqlovchi nazm mavjud. Eng muhimi, nafaqat qizni qanday yoqimli tarzda atashni bilish emas, balki qaysi daqiqalarda buni qo’llash mos kelishini bilishdir.
Shirin so’zlar o’z vaqti va joyida aytilishi kerak
Shirin so’zlar uchun eng yaxshi vaqt — qiz bilan yolg’iz bo’lgan onda. Siz aytadigan gaplaringiz faqat uning uchun bo’lishi kerak. Bu yo’l faqat boshlanib bo’lgan yoki rivojlanayotgan munosabatlar uchun o’rinli. Notanish yoki yaxshi tanish bo’lmagan qizga iltifot qilis uchun rasmiyroq ifodalarni tanlash kerak bo’ladi va ular haqiqatda yoqimli bo’lishi kerak Masalan, «Ajoyib ko’rinasiz!» iborasi har qanday ayolga, hatto do’kon yordamchisiga ham yoqimli bo’ladi.
Qizlar bilan tanishish uchun→
So’zlarni to’g’ri tanlang
Hamma qizlarga ham bir xildagi yoqimli so’zlar xush kelmaydi. Bundan tashqari, ular doimiy ravishda takrorlanganda, ular soxtalikka o’xshash taassurot uyg’otadi. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan «repertuaringizni» o’zgartirib turing.
Ba’zida erkaklar «Jonim, xalaqit berma, ko’rmayapsanmi, bandman!» deb aytishlari mumkin. Keyin esa nega «jonim» degan shirin so’zni aytganda jufti yelka qisib qo’yishiga ajablanishadi. Xullas, qizlarga yoqadigan gaplarni qo’pollik bilan aralashtirgan holda aytmaslikka harakat qiling.
Yana bir muhim nuqta qiz uchun shirin so’zlarning asl mazmunidir. Albatta, «mening do’mbog’im» juda yoqimli eshitiladi va erkak kishi buni iltifot deb o’ylashi mumkin. Biroq, qizlar buni boshqacha tarzda qabul qilishlari mumkin, chunki aksariyat hollarda ular o’z qomatlari tuzilishidan norozi va o’zlarini ortiqcha vaznga ega deb hisoblashadi. Shu sababli, bunday e’tiroz qizni xafa qilishi mumkin.
Qizlarga yoqadigan shirin va yoqimli gaplar ro’yxati
So’z boyligingizni yoqimli so’zlar va iltifotlar bilan to’ldirish uchun quyidagi ro’yxatni asos qilib olish tavsiya etiladi:
- azizim;
- suyukligim;
- yagonam;
- asalim;
- go’zalim;
- jonim;
- mo’jizam;
- shirinim;
- mening farishtam;
- gulim;
- oftobim;
- yulduzim.
Quyida esa iboralarning ayrim misollari keltirilgan. Nusxa qilib olmang, balki o’zingiz shunga o’xshash gap tuzishga harakat qiling:
- Mening eng sevimli va nozik quyoncham!
- Siz chiroyli ko’rinasiz…
- Sening ko’zlaring chuqur ummonga o’xshaydi va men ularda cho’kishga tayyorman!
- Seni tanlaganimga bir soniya ham afsus qilmaganman.
- Sen bilan mening baxtim butun…
- Men uchun dunyo bir olam, sen bir olam.
- Seni sog’inishga ulgurishim uchun soniyalar yetarli.
- Judayam sog’indim.
- Seni sevaman!
Albatta, maqtovni ham unutmaslik kerak. Maqtov eshitish yoqmaydigan odamning o’zi yo’q. Uning qilgan barcha ishlariga e’tibor berganingizni bildirishni o’rganing, masalan, u sizga tushlik tayyorlab keldimi, «qo’ling dard ko’rmasin», «o’zimni pazandam» kabi qo’shimchalar bilan raxmat aytishni unutmang. O’zining ishlarida esa doimo qo’llab-quvvatlovchisi bo’ling.
Agar yigit kishi ajoyib iltifotlar qilsa va sevgani uchun shirin so’zlarni tanalay bilsa, hatto urushib qolish vaqtida ham haqorat va qo’pollik ishlatmasa, unda qiz bunday munosabatni qadrlashiga ishonchingiz komil bo’lishi mumkin.
Qizlarga qanday yigitlar yoqadi?→
Yoqimli so’zlar doimo aytilishi kerak
Aziz erkaklar, agar sizni qizlar bilan qanday qilib to’g’ri gapirish kerakligini o’rgatishmagan bo’lsa ham, har qanday yoshda bu ilmni o’rganish kech hisoblanmaydi.
O’z yaxshi ko’rgan qizingiz yoki ayolingiz uchun eng beg’ubor so’zlarni toping va u siz uchun cheksiz qadrli ekanligini eslatishni unutmang. Uning fazilatlarini ulug’lash, ammo kamchiliklarini yashirishni biling. Ular o’zlari ham buni yaxshi biladi, lekin siz ularni boricha sevishingizga umid qiladi. Bundan tashqari, biron bir qo’pollik qilishga yo’l qo’ymang. Qattiq yoki haqoratli so’zlardan keyin, hatto kechirim so’rashda ham har qanday shirin so’zlar yolg’on bo’lib tuyuladi. Yaxshi maqtov va shirin so’zlar ishlatishning ta’siri sezilishi o’zini uzoq kuttirmaydi.
Erkaklar uchun
Qizlarga yoqadigan gaplar — chiroyli va shirin so’zlarni amalda qo’llash