GYULSTRAND haqida malumot bilib oling.
GYULSTRAND (Gullstrand) Alvar (1862—1930) — Shvetsiya oftalmologi. Koʻz optikasi ustida tadqiqot olib borib, simmetriya tekisligiga bogʻliq holda astigmatizmning uch turini aniqladi; nurning sinish va qaytarish sistemalarini «dioptriyalarda hisoblash» deb ataladigan yangi usulni ishlab chiqdi. Binokulyar, reflekssiz oftalmoskop, tirqishli lampa, lupa-koʻzoynak kabi asboblar ixtiro qildi. Nobel mukofoti laureata (1911).
Ensiklopediya.uz
GYULSTRAND