GALTON haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GALTON haqida malumot bilib oling.

GALTON, Golton (Galton) Frensis (1822.16.2, Birmingem — 1911, 17.1, London) — ingliz psixologi va antropologi. Oksford va Kembrij un-tlarining faxriy d-ri. Yevgenikaning asoschilaridan biri. Galton birinchilardan boʻlib, eksperimental va matematik metodlar asosida odamlar oʻrtasida individual-psixologik tafovutlar mavjudligi haqidagi taʼlimotdifferensial psixologishp ishlab chikdi. Ch. Darvin evolyutsion nazariyasi taʼsirida boʻlgan Galton odamlar orasidagi bu tafovutlarni aksariyat nasliy omillar bilan tushuntiradi. Shaxe rivojlanishida bu omillarning roli haqidagi masalaning qoʻyilishi oʻziga xos novatorlik boʻlgan, biroq ular ahamiyatini oshirib yuborish odamning ijtimoiy mohiyatini inkor etuvchi bir yoklama xulosalarga olib keldi. Galton odam tabiatini takomillashtirishni irsiyat qonuniyatlari asosida oʻta iqtidorli, aqlan va jismonan kuchli odamlarni ajratib olish orqali amalga oshirish mumkin deb hisobladi. Galton shaxsning psixik sifatlarini tashhis qilish maqsadida maʼlum asboblar yaratdi, nasliylik va tashqi taʼsir nisbatini aniklash imkoniyatini beruvchi ilmiy uslublar ishlab chiqdi. Individual tafovutlarni oʻrganishda mecllardan foydalanish gʻoyasi Galtonga taalluqlidir.

Ensiklopediya.uz
GALTON