GRINYAR REAKSIYASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GRINYAR REAKSIYASI haqida malumot bilib oling.

GRINYAR REAKSIYASI — alkil yoki arilmagniy galogenidlar yordamida organik moddalarni sintez qilish reaksiyasi. 1900-y. V. Grinyar kashf etgan. Alkil va arilmagniygalogenidlar tarkibida faol vodorod atomi boʻlgan moddalar bilan tez reaksiyaga kirisha oladi. Grinyar reaksiyasidan foydalanib, uglevodorodlar, spirtlar, ketonlar, kislotalar va b. birikmalar olish mumkin. Quyidagi reaksiya G. r. ga misol boʻla oladi: CH3MgX+ROHH>CH4+ROMgX. Bu yerda R — alifatik yoki aromatik radikal; X — galogen.

Ensiklopediya.uz
GRINYAR REAKSIYASI