GILBERT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
GILBERT haqida malumot bilib oling.

GILBERT, Xilbert (Hilbert) David (1862,23.1, Velau, Kenigsberg — 1943.14.2, Gyottingen) — nemis matematigi, prof. (1893). Gilbert tadqiqotlari mat. ning koʻp boʻlimlari taraqqiyotida muhim oʻrin tutgan. Asosiy ilmiy ishlari invariantlar, algebraik sonlar nazariyasiga, geometriya asoslari, variatsion hisob va differensial tenglamalarga, integral tenglamalar nazariyasiga, sonlar nazariyasida Varing muammosi yechimiga, matematik fizika asoslariga, mat. ning mantiqiy asoslariga doir. Gilbert mat. ning tabiatshunoslik bilan bogʻliqligi masalalari bilan ham shugʻullangan. Gilbert mat. ning deyarli hamma sohalariga oid 23 muammoni oʻrtaga tashlagan (q. Gilbert muammolari).

Ensiklopediya.uz
GILBERT