VARNA haqida malumot bilib oling.
VARNA — Bolgariya sharqidagi shahar, Varna viloyatining maʼmuriy markazi. Mamlakatning Qora dengiz boʻyidagi yirik porti. Bolgariya eksport va importining qariyb yarmi Varna orqali oʻtadi. Xalqaro aeroport bor. V. mamlakatning turli tumanlari, boshqa shaharlari bilan t. y. va avtomobil yoʻllari orqali bogʻlangan. Aholisi 316 mingdan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Varna mashinasozlik, toʻqimachilik, oziq-ovqat va ip gazlama sanoati markazi. Kemasozlik, kema remonti korxonalari bor. Varna va uning atrofi mashhur kurort joy. Dengizdan baliq ovlanadi. Shaharda soha in-tlari, turli i. t. institutlari, muzeylar, opera va drama teatri bor. Qad. yodgorliklar saqlangan. Shahar mil. av. 6-a. da rimliklarning Odessos koloniyasi sifatida vujudga kelgan, 7-a. dan Varna deb atalgan.
Ensiklopediya.uz
VARNA