VALLAX haqida malumot bilib oling.
VALLAX (Wallach) Otto (1847. 27. 3, Kenigsberg — 1931. 26. 2, Gyottingen) — nemis organik kimyogari. Bonn (1876-y. dan), Gyottingen un-ti prof. (1889 — 1915). Asosiy ishlari alitsiklik biri kmalar va terpenlar kimyosiga oid. U terpenlar sinfiga mansub qator birikmalar (limonen, fellandren, terpineol, fenxon, metilgeptanon va b.)ni ajratib olgan va ular xossala-rini oʻrgangan, shuningdek terpenlar-ning izoprenlar bilan genetik boglan-ganligini koʻrsatib bergan (1891); al-degidlar va ketonlarning birlamchi hamda ikkilamchi aminlar va chumoli kislotalar bilan qaytarilib aminlanish reaksiyasini kashf etgan. Germaniyada xushboʻy moddalar ishlab chiqaradigan korxona qurish tashabbuskorlaridan biri boʻlgan. Nobel mukofoti laureati (1910).
Ensiklopediya.uz
VALLAX