VOKALIZATSIYA haqida malumot bilib oling.
VOKALIZATSIYA — unli tovushlarda kuylash; vokal musiqaning asosiy badiiy (ifodaviy) usullaridan. Soʻz boʻgʻinini ikki va undan ortiq tovushlarda kuylash Vokalizatsiyaning eng oddiy xilidir. Boshidan oxirigacha biron-bir soʻzning boʻgʻinlari kuylanadigan asarlar ham uchraydi. Mas., «Alliluyya» (V. Motsart), «Madhiya» (M. Glinkaning «Ivan Susanin» operasi epilogida). Vokalizatsiya xalq (xususan oʻzbek) musiqa ijodida ham mavjud. (k,. Hang).
Ensiklopediya.uz
VOKALIZATSIYA