VARROOZ haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VARROOZ haqida malumot bilib oling.

VARROOZ, varroatoz — asalarilar va ularning urugʻlarini zararlaydigan kasallik. Varroa jacobsoni kanasi qoʻzgʻatadi. Kanalar koʻproq asalarilarning qanoti osti, choti, qorin qismida parazitlik qiladi. Asalarilar oilasining kuchsizlanishi va halok boʻlishiga olib keladi. Kasallangan asalarilarning qanotlari yemiriladi, koʻkrak va qorni kichrayib ketadi, erkak asalari ona asalari bilan juftalasha olmaydi.

Oldini olish va qarshi kurash choralari: karantin va veterinariya-sanitariya tadbirlari,asalari oilalariga fenotiazin, varroatin, timol, chumoli kislota, varrobrabulin bilan ishlov beriladi (q. Asalari).

Ensiklopediya.uz
VARROOZ