VASYUGAN TEKISLIGI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VASYUGAN TEKISLIGI haqida malumot bilib oling.

VASYUGAN TEKISLIGI, Vas yuganye — Gʻarbiy Sibir pasttekisligi jan. dagi koʻl-botqoqli ulkan tekislik. V. t. ni Katta Yugan, Vasyugan daryolari va b. daryo vodiylari kesib oʻtgan. Gʻarb va jan.-gʻarbda Irtish, shim. va shim.sharqda Ob vodiylariga tutashgan, jan. Baraba dashtiga qoʻshilib ketgan. Yer yuzasi yassi, bir oz doʻngli boʻlib, qum, gil va qumoqlardan tuzilgan, usti torf bilan qoplangan. Oʻrtacha bal. 100 m, eng baland joyi 166 m. Suvayirgʻichlar vodiylardan atigi 40—60 m koʻtarilib turadi. Botqoqliklar oʻrmon bilan qoplangan. Neft va gaz konlari bor.

Ensiklopediya.uz
VASYUGAN TEKISLIGI