VODOROD ELEKTROD haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VODOROD ELEKTROD haqida malumot bilib oling.

VODOROD ELEKTRODvodorod atmosferasida vodorod ionlari N+ boʻlgan eritmaga yarmisigacha tushirib qoʻyiladigan platina plastinka yoki maydalangan platina qoplangan sim. Platina bilan eritma oʻrtasida quyidagi reaksiya: N2 0 2N+ +2 ye hisobiga hosil boʻluvchi potensiallar farqi vodorod ionlari konsentratsiyasi, gaz holdagi vodorod bosimi va t-raga bogʻliq. V – e. dan kuchli oksidlovchilar, qaytaruvchilar, toʻyinmagan organik birikmalar va baʼzi metallar (mas., qoʻrgʻoshin, mis, kumush, oltin) tuzlari bor muhitda foydalanish mumkin emas. Vodorod elektrod galvanik zanjirlarning elektr yurituvchi kuchini, alohida elektrodlar potensiali va vodorod koʻrsatkich rN ni oʻlchash uchun qoʻllaniladi.

Ensiklopediya.uz
VODOROD ELEKTROD