VULKAN SHISHASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VULKAN SHISHASI haqida malumot bilib oling.

VULKAN SHISHASI — amorf vulkan togʻ jinsi. Yopishqoq nordon lavani tez sovishidan hosil boʻladi. Nordon (liparit), baʼzan asosli (bazalt) effuziv jinslarining hammasi Vulkan shishasidan tashkil topgan boʻlishi mumkin. Obsidian, smola toshi, perlit, pemza, taxilit va sordavalitlar Vulkan shishasidan iborat boʻlib, faqat ayrim xususiyatlariga qarab bir-biridan farqlanadi. Koʻp suvli Vulkan shishasi lavaning dengiz ostida qotishidan hosil boʻladi. Sergovak Vulkan shishasi pemza deb ataladi. Pemza qurilish sanoatida ishlatiladi. Oʻzbekistonda Chatqol-Qurama (Gʻovasoy) tizmalaridagi vulkan jinslarida Vulkan shishasi uchraydi.

Ensiklopediya.uz
VULKAN SHISHASI