VOHA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VOHA haqida malumot bilib oling.

VOHA — 1) choʻl va chala choʻllarda obod qilingan yer. Vohada namgarchilik qoʻshni r-nlarga nisbatan koʻp. Yer osti suvlari yuza boʻlib, buloqlar chiqib yotadi, daryolar vaqt-vaqti bilan toshib turadi. Vohalar koʻpincha daryo, koʻl, kanal va quduqlardan suv bilan taʼminlanadi. Maydoni bir necha oʻn km2 dan bir necha oʻn ming km2 gacha boʻladi. Shim. Afrika, Gʻarbiy Osiyo va Markaziy Osiyo choʻllarida mashhur Vohalar bor. Toshkent, Murgʻob, Xorazm, Buxoro V. lari, Fargʻona vodiysidagi Vohalar ham ancha katga. Odatda, Voha larda aholi zich yashaydi.

2) Antarktidaning muzdan xoli boʻlgan joylari.

Ensiklopediya.uz
VOHA