VOISOV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VOISOV haqida malumot bilib oling.

VOISOV Bolta (1892—Xorazm viloyati Xonqa tumani Madir qishlogʻi—1958) — kulol, koshinkor usta, Xorazm kulolligi maktabi vakili. Hunarni otasi Vois kulol va usta Madrasuldan oʻrgangan. 20-a. boshlarida Xiva meʼmoriy ansamblidagi yirik binolarni bezashda koshinkor sifatida qatnashgan. Murakkab meʼmoriy naqsh mujassamotlari tuzgan, yodgorliklarni tiklash uchun koshinlar tayyorlagan. Naqshli sopol idishlar, ayniqsa qalami uslubida naqshlangan bodiyalar tayyorlash Voisov ijodida asosiy oʻrin tutadi. Voisov ishlaridan namunalar respublika va chet mamlakatlar muzeylarida saqlanadi.

Ensiklopediya.uz
VOISOV