VINILATSETAT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VINILATSETAT haqida malumot bilib oling.

VINILATSETAT, CH3COOCH=CH2 — sirka kislotaning vinil efiri; rangsiz suyuqlik. Mol. m. 86,09, qaynash t-rasi 73°, zichligi 934,2 kg/m3 (20° da). Oddiy organik erituvchilarda yaxshi eriydi, suvda eruvchanligi 2,0—2,4%. Sanoatda Vinilatsetat palladiy tuzlari ishtirokida, kislorodli muxitda sirka kislotaga etilen taʼsir ettirib olinadi. Polimerlash yoʻli bilan Vinilatsetatdan plastmassa, lok, yelim va organik shisha tayyorlashda ishlatiladigan polivinilatsetat olinadi.

Ensiklopediya.uz
VINILATSETAT