VILOYAT haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VILOYAT haqida malumot bilib oling.

VILOYAT — maʼmuriy-hududiy birlik. Oʻrta asrlardan maʼlum. Sharqning ayrim mamlakatlari (Afgʻoniston, Turkiya va b.), shuningdek Oʻrta Osiyo xonliklari Viloyat larga boʻlingan. 1924-y. shoʻrolar oʻtkazgan milliy-davlat chegaralanishi arafasida Turkiston ASSR 6 V. — Sirdaryo, Samarqand, Fargʻona, Zakaspiy (Turkmaniston), Yettisuv, Amudaryo V. lari, bir qancha uyezd va volostlardan tashkil topgandi. XXSR esa 3 V. va Xiva tumaniga, BXSR 15 Viloyatga boʻlingandi. Viloyat oʻz navbatida tumanlarga, tuman esa keshlarga boʻlingan. 1925-y. 13 yanv. dan uyezd deb yuritila boshladi. Keyinchalik ruscha «oblast» nomi bilan qayta tashkil etildi. Oʻzbek tili davlat tiliga aylanishi munosabati bilan tarixiy maʼmuriy-hududiy birlik nomi sifatida «V» soʻzi qayta tiklandi.

Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi (1992) Konstitutsiyasida (68-modda) Oʻzbekistan Respublikasi Viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi dan iboratligi mustahkamlab qoʻyilgan. Hozir OʻzR da 12 Viloyat bor. V. lar oʻz navbatida tumanlarga boʻlinadi. Viloyatlar chegaralarini oʻzgartirish, shuningdek yangi Viloyatlar tashkil qilish, ularni tugatish OʻzR Oliy Majlisi roziligi bilan amalga oshiriladi. Viloyat larda OʻzR Konstitutsiyasi boʻyicha hokim boshchilik qiladigan xalq deputatlari kengashi hokimiyatning vakillik organidir. Bu kengash davlat va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab, oʻz vakolatiga taalluqli masalalarni hal etadi. Viloyat xalq deputatlari kengashi va Viloyat hokimlarining vakolat muddati — 5 yil. V. hokimlari Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi hamda Viloyat xalq deputatlari kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Viloyat hokimlari oʻz vakolatlarini yakkaboshchilik asoslarida amalga oshiradi, oʻzlari rahbarlik qilayotgan organning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardir (yana q. Hokim).

Ensiklopediya.uz
VILOYAT