VERGILIY haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VERGILIY haqida malumot bilib oling.

VERGILIY (Vergilius) Maron Publiy (mil. av. 70. 15. 10-19.21.9) – Rim shoiri. Rim respublikasi inqirozining guvohi boʻlgan. «Bukolikalar» («Choʻpon qoʻshiqlari»; mil. av. 42—38) va «Georgikalar» («Dehqonchilik haqida doston»; mil. av. 36—29) dostonida tinch qishloq hayoti, choʻponlarning tabiat quchogʻidagi osoyishta, farogʻatli turmushi madh etiladi. Vergiliyning mashhur «Eneida» dostoni troyalik qahramon Eneyning darbadar kezishlari va u qatnashgan urushlar tasviriga bagʻishlangan. Bu asari «Iliada» va «Odisseya»ga taqpidan yozilgan, unda Qad. Italiya manzarasi koʻtarinki ruhda tasvir etilgan. Vergiliy ijodi klassitsizm davri sheʼriyati uchun namuna hisoblangan. Dostonlaridan parchalar Oybek tarjimasida nashr qilingan (1939).

Ensiklopediya.uz
VERGILIY