VARIATSIYALAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
VARIATSIYALAR haqida malumot bilib oling.

VARIATSIYALARmusiqa shakli. Unda asosiy musiqiy mavzu (mavzular) oʻzining bir yoki bir qancha unsurlari (ritm, surʼat, faktura, ohang va b.) oʻzgartirilgan holda takrorlanadi va Variatsiyalar turkumini tashkil qiladi. Oʻzgarish darajasiga koʻra, qatiy (mas., basso ostinato) va erkin Variatsiyalar farqlanadi. Qatiy turkumda mavzu va uning Variatsiyalari bir xil tuzilishga ega. Erkin turkumda har bir variatsiyada asosiy mavzu ohanglaridan kelib chiqqan yangi mavzular shakllanadi. Variatsiyalar mustaqil asar yoki simfoniya, sonata, opera kabi asarlarning bir kismi boʻlishi mumkin.

Variatsiyalar Yevropa musiqasida 16-a. dan maʼlum. 19-a. gacha ularning asosan qatʼiy turi qoʻllanilgan (G. Pyorsell, G. Gendel, I. Bax, V. Motsart, L. Betxoven va b.). Romantizm uslubida erkin Variatsiyalar keng tarqaldi (R. Shuman, P. Chaykovskiy va b.). V. shakli Oʻzbekiston kompozitorlari (Ik. Akbarov, S. Yudakov, T. Kurbonov, S. Karimhoji, S. Varelas, R. Abdullayev, A. Nabiyev va b.) ijodidan ham salmoq»li oʻrin olgan.

Ensiklopediya.uz
VARIATSIYALAR