
VASPURAKAN PODSHOLIGI haqida malumot bilib oling.
VASPURAKAN PODSHOLIGI — oʻrta asrlarda Vaspurakan viloyatida joylashgan arman davlati (908—1021). Vaspurakan podsholigiga Van koʻli atrofidagi hududlar kirgan. Aholisi 1 mln. kishidan ziyod boʻlgai. Vaspurakan podsholigida 10 ga yaqin shahar, 4 mingdan ortiq qishloq, 72 qalʼa, 115 monastir mavjud edi. 11-a. boshlarida Vaspurakan podsholigiga turkiy qabilalar tez-tez hujumlar qilib turganlar. Vizantiya tomonidan bosib olingan.
Ensiklopediya.uz
VASPURAKAN PODSHOLIGI