NEYROMIDIN tabletkasi
Tabletka Ipidakrin gidroxlorid moddasi — 20 mg dozada. Xolinesteraz ingibitori hisoblanib , nerv kasalliklarida qo’llaniladi. — Periferik nerv sistemasi kasalliklarida nevrit , polinevrit va polinevropatiyalarda , miasteniyada buyuriladi. — Markaziy nerv sistemasi kasalliklarida va bu kasalliklardan tuzalish davrida qabul qilish mumkin. — Ichaklarning atoniyasida , ya’ni ichaklarning nerv sistemasi ta’siri ostidagi harakatlanish funksiyasining pasayishida yoki umuman yo’qolishida buyuriladi. — Nerv kasalliklarida qabul qilish buyuriladi. — Nerv-mushak oʻtkazuvchanligini tiklaydi va ragʻbatlantiradi. — Periferik nerv tizimida turli omillar taʼsiri oqibatida (jarohat, yalligʻlanish, mahalliy anestetiklar, ayrim antibiotiklar, kaliy xloridi va boshqalarning taʼsiri) buzilgan impulslarning oʻtkazilishini tiklaydi. — Barcha agonistlar taʼsirida, kaliy xlorididan tashqari, silliq mushakli aʼzolarda qisqaruvchanlikni kuchaytiradi. — Alohida sedativ vositalari bilan majmuada markaziy nerv tizimini oʻrtacha ragʻbatlantiradi. — Xotirani yaxshilaydi . Preparat kuniga yarim yoki 1 tabletkadan 2 — 3 mahal qabul qilish mumkin. Ovqatdan keyin. Qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahat qiling. Qabul qilish dozasiga o’zgartirish kiritish mumkin. — Qorin sohasida og’riq va ko’ngil aynish xolatlari. — Bronxlarning sekret ajratishi kuchayishi va bronxospazm kuzatilishi mumkin. — Sudorgi holati kuzatilishi mumkin. — Holsizlik va bosh ogrigi holati. — Holsizlik va ishtaha pasayishi. — Preparatga allergik reaksiya bo’lganda mumkin emas. — Epilepsiya ( tutqanoq ) kasalligi bor kishilarda mumkin emas. — Stenokardiya , bradikardiyada va bronxial astma kasalligida mumkin emas. — Oshqozon va 12 barmoq ichaklar yara kasalligida mumkin emas. — Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas. — yosh bolalarda va 18 yoshgacha bo’lgan bolalarda mumkin emas. 💥Preparatni epilepsiyasi bor bemorlarga qo’llash mumkin emas. 💥Neyromidinni bronxial astmasi bor bemorlarga va bronxial astmadan tuzalish davrida mumkin emas. Chunki neyromidin bronxlar sekretsiyasini oshiradi va bronxlarni qisqartiradi , ya’ni bronxospazm chaqiradi. 💥Qabul qilishda dozasi oshib ketsa , yoki juda uzoq vaqt qabul qilinsa ham preparat qon bosimini tushirish xususiyatiga ega. Shu sabab qon bosim past holatlarda qabul qilish kerakmas. 💥Qabul qilish dozasi oshib ketsa holsizlik , ishtaha pasayishi ham kuzatiladi. 💥Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas. Sababi muhim bir ma’lumot sifatida aytib o’taman . Neyromidin preparati bachadonni qisqartirish va tonusini oshirish xususiyatiga ega. Shu sabab bachadonni qisqarishini kuchaytiradi va muddatidan oldin homila tushishi kabi noxush xolatlar kuzatilishi mumkin ( esda saqlang ). 💥Bolalarga qo’llashda shifokor maslahati bilan . 💉Qo’llash — retsept bilan albatta 💉Ishlab chiqaruvchi — Latviya @FARMAKOLOGIYA_TTA @KANAL_MUNDARIJASI ,, ТАБЛЕТКА » kanaliNEYROMIDIN tabletkasi
DO`STLARGA ULASHING:
Neyromidin tabletkasi
#Нейромидин таблеткаси
💊DORI SHAKLI 👇
💊TARKIBI 👇
💊TA’SIRIGA KO’RA 👇
💊QO’LLANILISHI 👇
💊QO’LLASH USULI VA DOZASI 👇
🚫NOJO’YA TA’SIRI 👇
❌QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR 👇
🔰ADMIN MASLAHATI 👇
NEYROMIDIN tabletkasi