Dasturchi uchun Time Management kerakmi?
Dasturchi uchun Time Management kerakmi? ⏰🤔 Dasturchi uchun, umuman olganda har bir inson uchun Time Management muhim ya’ni o‘z vaqtingizni taqsimlash, boshqarish. Har birimizda 24 soat vaqt bor va bu vaqtni har bir inson turlicha sarflashadi, kimdir o‘qish uchun, boshqa kimdir esa o‘yin uchun! Shunda ham vaqtim yo‘q, vaqtim yetmayapdi deb nolib qo‘yamiz. ❗️Avvalo ishlaringizni rejalashtiring va ularni birinchi bo‘lib o‘z yon daftar (bloknot)ingizga yozib chiqing. Ishlaringizni muhim va muhim bo‘lmagan toifalarga ajratib oling. Sababi bloknotda ishlaringizni yozganingizda, u ishlaringizni xotirangizda qoladi va ularni bajarishga tezroq intilasiz. ✅ Keyin esa bloknotingizga yozilgan rejalaringizni esa biron-bir dasturga yozib qo‘ying, masalan Trello (https://trello.com/ru), Notion (https://www.notion.so/). Men har doim Trello’dan foydalanaman. 🧰 Ishni boshlashingizdan avval Pomodoro (https://pomodoro-tracker.com/?lang=ru) dasturiga rejalaringizni kiritib, vaqtni 25 daqiqaga qo‘yasiz va vaqtni ishga tushurib ishingizni boshlaysiz. Pomodoro dasturida siz 25 daqiqa ishlab, 5 daqiqa dam olasiz. Bu borada pomofocus.io (https://pomofocus.io/) saytidan foydalanishni tavsiya beraman! 📌 P.S.:👆“Yuqorida ko‘rsatib bergan usullarimdan foydalanib ko‘ring. Bu usuldan 1 haftadan beri foydalanib kelmoqdaman va natijalarim hozirda yaxshi.” – Javohir Hakimov, Frontend-dasturchi. 📝 Manba: @javohir_groupDasturchi uchun Time Management kerakmi?
DO`STLARGA ULASHING:
Dasturchi uchun Time Management kerakmi?