O‘zbekistonga kelgan Ali Mahmud Hasan chindan ham tabibmi?

O‘zbekistonga kelgan Ali Mahmud Hasan chindan ham tabibmi?
ozbekistonga kelgan ali mahmud hasan chindan ham tabibmi 65cae883ad13d

ZAbiY 6aYBmtUvBKFgaNVRh0rzHzKmli

O‘zbekistonga kelgan Ali Mahmud Hasan chindan ham tabibmi?

Mundarija скрыть
O‘zbekistonga kelgan Ali Mahmud Hasan chindan ham tabibmi?
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

O‘zbekistonga kelgan Ali Mahmud Hasan chindan ham tabibmi?
Bu odam O‘zbekistonga yetib kelishidan avvalroq yetarlicha shov-shuv ko‘tarildi va o‘ziga xos zamin yaratildi. Natija kutilganidan ham a’lo bo‘ldi – dardiga da’vo topmagan yuzlab bemorlar unga yopishdi, yo‘llarini to‘sib yig‘ladi, hattoki tavof qilib yuborishibdi.
(https://www.facebook.com/groups/390853438321857/permalink/948044165936112)Soddalikda o‘zbegimga yetadigani bo‘lmasa kerak. Bemorlar yoki ularning yaqinlaridan birortasi bu odamning aslida kimligi, tibbiyotga qanday aloqadorligiga qiziqmadi.
Asl millati kurd bo‘lgan Mulla Mahmud Hasan o‘zini Iroqning Erbil hududida 26 yildan beri tabobat bilan shug‘ullanib kelgan shaxs sifatida taqdim etadi (https://www.instagram.com/malaalikurdiofficial/). Ammo noyob qobiliyatga ega bo‘la turib, buncha uzoq vaqt davomida rasmiy doiralarda tan olinmagani qiziq.
Bundan tashqari, o‘zi tan olmasa-da, Saudiya Arabistonining Madina shahridagi noqonuniy faoliyati, bir necha kishini aldagani, firibgarlik uchun javobgarlikka tortilgan va hattoki qamalib chiqqan (https://rossaprimavera.ru/news/091b89fa).
Shifo umidida, najotkor sifatida Mulla Mahmud Hasanga murojaat qilayotganlar o‘zlariga bir necha savolni berib ko‘rishi kerak:
1. Qur’oni Karimning muqaddasligiga shubha yo‘q. Uning oyatlari shifobaxsh ekanligi ham ko‘p marta ta’kidlangan. Ammo Qur’oni Karimni muntazam mutolaa qilib yurish, uning ahkomlariga amal qilish kasalliklardan himoyalashi, bordi-yu dardga chalinganda ham, buni Allohning bir sinovi sifatida qabul qilib, yengib o‘tish choralarini ko‘rish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan. Chunki kimdir dardga chalinishi ortidan oyatlarni o‘qib darhol tuzalib ketaversa, bu dunyoda bemor qolmasligi ayon. Shunday ekan bu mullaga salkam tavof qilib yuborish (https://www.facebook.com/groups/390853438321857/permalink/948044165936112) qanchalik to‘g‘ri va bu shirk emasmi?
2. Tibbiyotda minglab yillardan beri o‘rganib kelinayotgan shunday kasalliklar borki, ularga hanuz davo topilmagan. Jumladan, falajlik. Ular muntazam fzioterapiya bilangina qisman o‘zgarish bo‘lishi mumkin. Lekin bu “tabib” falajlikka chalingan va aravachada yurgan bemorlarni ham, hatto ko‘zi ojizlarni ham bir lahzada oyoqqa turg‘izib, ko‘zini “ochib” yuborishiga ishonish uchun qay darajada sodda bo‘lish kerak?
3. Insoniyat yaralibdiki, bunday “tabib”lar hamisha uchraydi va ularga ixlos qilib, bor-budini tutqazuvchilar hamisha topiladi. Uzoqqa bormasdan, Shahrixondagi xandon pista bilan davolovchi Hasan “tabib”ni eslash kifoya (https://kun.uz/news/2019/01/19/hasan-tabib-mutlaq-tabibmi-yoki-kunuz-surishtiruvi). Xo‘sh, O‘zbekistonning o‘zidagi bu “tabib” davolab yuborgan bemorlar hozir qayerda?
4. Va nihoyat, Mulla Ali Mahmud Hasan Kurdistoniyning tibbiyotdek murakkab sohadagi faoliyati uchun qonuniy asos bormi? Sog‘liqni saqlash vazirligi unga shunday huquq berganmi?
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limidan ma’lum qilishlaricha, bunday shaxs O‘zbekistonda faoliyat yuritish bo‘yicha biror shaklda murojaat qilmagan, ya’ni uning tibbiy faoliyati noqonuniy.
@doctor_Muminov

O‘zbekistonga kelgan Ali Mahmud Hasan chindan ham tabibmi?